O’z o’zimga boqmadim qiyo
Yana yuz bor dardga cho’kib yo
Baxtga to’lib turgan bo’laman
Sog’inishdan tinmayman zinxor
To’kaverib ko’z yoshim takror
Taqdirga tan bermasdan bir bor
Seni kutib turgan bo’laman
Saroblaring hayolim chertgan
Izlaringdan o’ylarim ketgan
Ko’zlaringni unutmaydigan
Zo’r oshig’ing bo’lib turaman
Yurakdan joy topay tirqishga
Unga mingta dardni tiqiwga
Hohlaganda kirib chiqishga
Men eshiging bo’lib turaman.
Yolg’iz yashay mayli gulshanda
O’ylamoqni qilmayman kanda
Yalangoyoq yurib tikonda
Senga kulib turgan bo’laman
Dunyo ekan seni tashvishing
Tanlamoqlik tana hohishing
Urmasin deb bir kun qarg’ishing
Boshqasini suymay turaman
Bo’lolmasam bolangga padar
Sevaveray qabrimga qadar
Qaytib qolsang bir kuni agar
Bag’rim ochib turgan bo’laman.
Sochlarimni egallasa oq
Tanam tolib bosganda titroq
Balki ko’zim ko’rmasu biroq
Seni izlab yurgan bo’laman
Hayot yo’ling bo’lmasin xira
Mayli jonim baxtingga uchra
O’shanda ham yulduzlar ichra
Senga qarab turgan bo’laman!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев