Yolg’iz qo’yib bevafoni
Yolg’iz qo’yib dilraboni
Yur ketamiz yurakginam
Yor dediku yor bo’lmadi
Chalinmagan tor bo’lmadi
U bizdek bir xor bo’lmadi
Yur ketamiz yurakginam
Ko’z ketib qosh kamonlarga
Biz aylandik yomonlarga
Borsa kelmas tomonlarga
Yur ketamiz yurakginam
Bizga boqqan ko’zi qaro
Bizga bitgan so’zi qaro
Bevafosiz bog’lar aro
Yur ketamiz yurakginam
Sevmaymiz ham qaytmaymiz ham
Sog’indik deb aytmaymiz ham
Dilda alam qo’lda qalam
Yur ketamiz yurakginam
Ketamizda armon quchib
Armon quchib yolg’on quchib
Astagina qushdek uchib
Yur ketamiz yurakginam
Sevgi bizga emas ekan
Dil qalbimni tilar tikan
Bundan battar bo’lmasidan
Yur ketamiz yurakginam
Ketsak balki ko’ngli to’lar
Ko’ngli to’lar baxtli bo’lar
Endi bizni kim tushunar
Yur ketamiz yurakginam
Ming alamlar yutsa mayli
Azob bilan kutsa mayli
Yo indamay unutsa ham
Yur ketamiz yurakginam
Holimiz tang bo’ldik garang
Dunyolar tor asab tarang
Yor quchmasdan rang-barang
Yur ketamiz yurakginam.
Yur ketamiz yurakginam
Yolg’iz qo’yib bevafoni
Yolg’iz qo’yib dilraboni
Yur ketamiz yurakginam
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев