Предыдущая публикация
O'zimcha tilagan tilagimdasan.
Tomchilar yo'llardan izing yo'qotsa,
Unutma sen hamon yuragimdasan.
Shabboda shivirlar armonligingni,
O'zga bir oshiqqa janonligingni,
So'ndira olmaydi mening sevgimni,
Unutma sen hamon yuragimdasan.
Kulgingni hadiya qil taqdiring uchun,
Homush bo'lmagin men faqiring uchun,
Men esa yashayman borliging uchun,
Unutma sen hamon yuragimdasan.
Kerakmas o'zga yor kulgusi menga,
Ishqdan meros armon tuyg'usi menga,
Kelguncha abadiy uyqusi menga,
Unutma sen hamon yuragimdasan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев