(taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon)
(1954.26.4, Andijon viloyat Marhamat tumani Qovunchi qishlogida tugulgan — 2001.31.7, Ellikqalʼa tumanida olamdan utgan)
Oʻzbekiston xalq shoiri (1998),
jamoat arbobi. 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati. Oʻzbekiston xalq shoiri (1998).
Hayoti va ijodi
Muhammad yusuf Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978—80), "Toshkent oqshomi" gaz. (1980—86), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986—95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995—97 y.lar "Tafakkur" jur.daboʻlim mudiri, 1997—2001 y.larda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari. 2chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. M.Yu .ning dastlabki sheʼrlari "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — "Tanish teraklar" (1985). "Bulbulga bir gapim bor" (1987), "Iltijo" (1988), "Uyqudagi qiz", "Halima enam allalari" (1989), "Ishq kemasi" (1990), "Koʻnglimda bir yor" (1991), "Bevafo koʻp ekan", "Yolgʻonchi yor" (1993), "Erka kiyik" (1995) va "Osmonimga olib ketaman" (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda M.Yu . mansub boʻlgan avlodning eng olija-nob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror 1’%Sh -* tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tinikligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakkrl ifodalay bilish M.Yu . sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning kyalamiga mansub aksariyat sheʼrlar tanikli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. M.Yu . ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy sa-farida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.
Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shaxridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi sanʼat maktabi M.Yu . nomi bilan ataladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
Shuningdek dasturda shoirning o'zi o'qigan she'rlari audio (mp3) fayllari ham joylashtirilgan