Mo'lroq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib,
Maysalar ustida, gulning tagida... Yashashdan charchadim, zerikib
ketdim,
Mening tor ko'nglimga sig'mas
bayramlar.
Dilimga ilonning tillari yetdi –
Po'st tashlab, turlanib yurgan nayranglar. Endi kun ko'rishim qiyindan-qiyin,
Endi havolar ham og'irdan-og'ir.
Achchiq-achchiq yig'lab, yo'l yurgan
sayin
Uzun-uzun bo'lib sudralar xotir. O'zim bilib turib, ko'p gunoh qilib
Ko'proq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lmasmidi ko'zlarim tinib,
Suv ichgan chog'imda qizning
kaftidan. Endi meni qiynar qiyoqning guli –
Nozik kapalakning hidsiz qanoti.
Endi meni qiynar vaqtida o'lib,
Meni obketmagan do'stimning yodi. ... Ona, junjikmangiz sovuq so'zlardan,
Men endi o'lmayman, yig'lamang yana.
Faqat maqtov kutib suzuk qizlardan
Yolg'on she'rlar yozib charchadim,
ona. Faqat o'zim bilmay ko'p gunoh qilib,
Mo'lroq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lar ekan ko'zlarim kulib,
Belanchak ichida, tolning tagida...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев