Предыдущая публикация
Yetar menga shuncha g'am andux.
Sizga kerak bo'lmasa majrux.
Yuragimni qaytarib bering.
Chindan yoqib qolgan edingiz.
Dilga o'tlar solgan edingiz.
So'ramasdan olgan edingiz.
Yuragimni qaytarib bering.
Ko'zlarimda yosh qotar bir kun.
Ruxsiz tanam tosh qotar bir kun.
O'zimga ham asqotar bir kun.
Yuragimni qaytarib bering.
Ildizi yo'q gulga o'xshayman.
Tik boshimni egishga shayman.
Axir dilsiz qanday yashayman.
Yuragimni qaytarib bering!
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51937690190021&_prevCmd=friendAltGroups&tkn=7748
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51937690190021&_prevCmd=friendAltGroups&tkn=7748
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев