Sevgi azobiga meni g'arq qilib, Unitmoqchimisiz unitolmaysiz. Qaro ko'zlarimni unitish qiyin, Shirin so'zlarimni unitish qiyin. Kelajak orzusini unitish qiyin, Unitmoqchimisiz unitolmaysiz. Mendan kechib boshqani topolasizmi, O'zgaga ham vafoli bo'lolasizmi. Jurat bormi so'zizda turolasizmi, Unitmoqchimisiz unitolmaysiz. Issiqda sovuqda men sizga hamroh, Sizni sevib qolib chekdim qancha oh. Qo'rqoq ekanligiz bilmadim e-voh, Unitmoqchimisiz unitolmaysiz. Osmonga chiqsangiz osilib olgum, Gardingizga yulduz kabi aylangum. Hatto jannatda ham siz bilan qolgum, Unitmoqchimisiz unitolmaysiz. Hech kim seva olmas sizni meningdek, Menga yoqa olmas hech kim sizningdek. Sevgimiz mo'rt ekan nega sevgandik, Unitmoqchimisiz Unitolmaysiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев