Banda...
Zamira deya uyga kirmasidan qichqirib ketgan erining ovozini eshitgan Zamira xonadan yugurib chiqdiyu oyoqda zo'rg'a turgan eri Tolibni xonaga olib kirdi.Soat tungi 11 lar atrofi edi o'shanda...
Tolib xonalariga kirdiyu qo'lidan ushab tutib turgan xotinini siltab tashladi.
Dadasi yotib uxlayqoling vaqt ham allamahal bo'lib qoldi deganida eri indamadi lekin unga shunday qaradiki xuddi temirni toblayotgan uchqundek Zamirani qarashi bilan teshib yuboray derdi.
Indamadi joyiga yotdi avvallari ichsa tezda uxlab qolardi ammo bu gal uning xayolini do'stlarini oshda aytgan gapi chulg'ab olgandi.Buhayollar esa unga kiprik qoqishga ham izm bermasdi.
O'rtolarining "hozirgi ayollar uyda o'tirib jazman topishyapti"deb urg'u berib o'tgan gapini 4-5 tasi maqullagani uni battar alangalatgandi.
Nima emush ayollar telefon orqali uyda o'tirib bemalol jazman topib bilganini qilib yuripti ekan.Shu gap uni asabi va xayolini egovlayotgan egov bo'ldi.Hali zamon xotiniga ola qarash qilayotganining sababi ham shunda edi.
Xotini ering ustiga ko'rpa tortganday bo'ldiyu biroz yonida uxlashini kutib o'tirdi va keyin tashqariga chiqib ketdi.
Halitdan buyon xotinini uyoqdan buyoqqa,buyoqdan uyoqqa o'tayotganidan g'ashi kelib yotgan Tolib xotini chiqqanidan keyin o'ylay boshladi.
Uyda o'tirganlar...jazman topib bilganidek yashayotgan bo'lsa unda Zamira yallo qilib yashayotgan ekanda axir men 3 kun uyda tursam 3 xafta safarda yuradigan ko'chani odami bo'lsam ustiga ustak Zamira ham jozibador ayol...degan xayollar o'rmalab,xotini ko'ziga foxishadek ko'rina boshladi.Shu on tashqarida qolib ketgan xotinini baqirib chaqira boshladi..!
Yugurib kelgan xotini unga dadasi sekinro bollami uyg'otvoras o'zi Akbarjonni zo'rg'a uxlatdim 3 kundan buyon tobi yo'q dedi.
Bu gaplar Tolibning qulog'iga bepisandlik oxangida gapirilgandek tuyildi bu esa yonolmay tutayotgan cho'g'ga kerosin sepganday bo'ldi...
Gaplarini aytib tashqariga chiqib ketgan Zamirani ortidan chiqishga turgandi ham tashqaridan telefon ovozi eshitildi.Tolib tezda ovoz tomon chiqganida qo'lida telefon bilan xotini bolalar xonasini kirib ketayotgandi.
U to'fondek toshqinladi va Zamirani qo'lidan telefonni yulib oldi!
Zamira xayron qarab turganida.
Eri xuddi zarur narsani yo'qotib qo'ygandek telefonni titkilay ketdi.Ammo xafsalasi pir bo'lib Zamiraga qarab telefonga imo qilib qani dedi.
Zamira hayron bo'lib"nima qani dadasi nimani so'rayapsiz didi"Tolib jaxl ustida "mastlik rostlik" deganidek ich-etini kemirayotgan gaplarini aytib oldi.
O'zingni bilmaganga olma foxisha uning og'zidan chiqqan birinchi gap shu bo'ldi!
-Zamira dadasi degandi hamki unga ketma-ket tarsakilar tusha boshladi.Xotini esa o'zini o'nglolmay polda yotardi.Ko'zi qonga to'lgan Tolib uni turtkilab urishdan to'xtay demasdi.
Qani?Kim telefon qildi?Nega o'chirding?Kim edi u?
Shunaqa savollarni berib o'zini tutolmay og'zidan bodi kirib shodi chiqardi...
Xotini endi tushunib dadasi hech kim qo'ng'iroq qilmadi bu paytda kim ham qo'ng'iroq qiladi bu budilnik edi deb tushuntirishga urindi.Ammo asli rangi tinin"aroq"o'zining "qora"yuzini Tolib siymosida ko'rsatayotgandi.
Ket didi u Zamirani yonidan uzoqlashib ertagayoq qorangni o'chir dediyu xonasiga kirib ketdi.
Tong otdi.Quyoshning zarrin nuri Tolibni uyg'otdi.Ammo uyda hech kim yo'q edi.Boshi og'riqdan yorilay derdi.Shu xolatda qancha turdi bilmaydiyu lekin kecha bo'lgan ishlarni elas-elas eslardi.
Xotinidan yanada nafratlanib ketdi.
O'sha kun o'tdi.
Tunda uxlayotganida Tolibni uyqusini telefon ovozi buzib yubordi.U Telefonni olganida budilnik ekanligini ko'rib uyqusi uchib ketdi.
Budilnik esa 12:00 ekanini aytib turardi...
Tolibning shu on shirin uyqusi uchib o'rnini nadomat va afsus egallay boshlagandi.(Budilnikni Zamira tobi qochgan o'g'liga ukol qilish uchun qo'ygandi uxlaganda uyg'onardi shuni yordamida).
Shu zayl ikki kun befayz uyda yolg'iz o'zi segarit chekish bilan kun o'tqazdi.Xotinini olib kelay kechirim so'ray desa g'ururi yo'l qo'ymasdi.
Shu ikki kun ichida u bo'lgan ishlarni obdon o'ylab chiqdi va bildiki "g'iybatchilik va aroqning"kasri manaman degan oilani ham barbod qilar ekan...
Uchinchi kunning ham tongi otdi.Ityotish-mirza turish deganlaridek yashayotgan tolib bugun Zamira va bolalarni olib kelaman deb o'rnidan turdi.Chunki shu 2 kunda Zamira uni o'zidan ham ko'proq tushunib kelganini sezdi.
(o'rtola ma'lumot o'rnida bir gap olimlarning aniqlagan aniq faktli fikricha ayollar erkaklarni o'zidan ham ko'proq ya'ni 55% tushunarkan)
Tolib ketar payt eshikdan aybdorona bosh egib xotini Zamira kirib keldi...
Tolib esa kulib qarshi oldi va bolalariga qo'shib Zamirani ham bag'riga bosdi..!
Shunda sezdiki jism orasidagi minglab chaqrim masofalar ham ko'ngillarni uzoqlashtirolmaskan.Chunki xozirgina Zamira erini bosh egib yoniga borib kechirim so'rashdan asrab qolgandi...(muallif ZιγﻩΔล)
Hayotimda o'rin egallashni istasang....eng avvallo ishon va ishontir, hurmatimga loyiq bo'l va hurmat qil, umid qil va umid ber...mehr ber va mehrimga ega bo'l..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 88
ollohim insonlarni orasiga sovuqchilik solmasin.
Man Qashqadaryo qiziman.