Dunyodagi ommabop videoxostinglardan biri YouTube’da o‘tgan bir yil davomida eng ko‘p ko‘rilgan kliplar o‘nligi e‘lon qilindi. Bu haqda Mashable nashri xabar berdi.
Ushbu yuqori o‘nlikning sakkiztasi ayol xonandalar tomonidan zabt etilgan. O‘tgan yilda esa eng kuchli o‘nlikning 4 nafari erkak kishi bo‘lgan edi. Quyida 2014-yilning eng ko‘p ko‘rilgan kliplari bilan tanishsihingiz mumkin:
Keti Perri — “Dark Horse”. 20-fevral kuni YouTube’ga joylangan va 716 million marta tomosha qilingan.
Inreke Iglesias — “Bailando”. YouTube’ga 11aprelda joylangan va 588 million marta tomosha qilingan.
Shakira va Rianna — “Can’t Remember To Forget You”. 30-yanvar kuni YouTube’ga joylangan va hozirgacha 443 million marta tomosha qilingan.
Shakira — “La La La (2014-yilgi Jahon Chempionati musiqasi)”. 22-mayda YouTube’ga joylangan va 418 million marta tomosha qilingan.
Jeson Drulo va Snup Dog — “Wiggle”. 21-may kuni YouTube’ga joylangan va 400 million marta tomosha qilingan.
Iggi Azalea va Charli XCX — “Fancy”. YouTube’ga 4-martda joylangan va 387 million marta tomosha qilingan.
Sia — “Chandelier”. 6-may kuni YouTube’ga joylangan va 369 million marta tomosha qilingan.
Meghan Trainor — “All About The Bass”. 11-iyun kuni YouTube’ga joylangan va 362 million marta tomosha qilingan.
Teyo Svift — “Shake It Off”. 18-avgustda YouTube’ga joylangan va 356 million mart tomosha qilingan.
Niki Minaj — “Anakonda”. 19-avgustda YouTube’ga joylangan va 327 million marta tomosha qilingan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев