Предыдущая публикация
Ötkinchidur dunyo bilaman,
Lek shunda ham tinmay yelaman,
Axir umr ötib ketmoqda,
Qachon Onam Rozi Qilaman.
Özim öylab yuraversam,
Davru davron suraversam,
G'animatdur agar bilsam,
Qachon Onam Rozi Qilaman.
Bazan shördur xayot tami,
Tugamaydi aslo kami,
Öchmasidan orzu shami,
Qachon Onam Rozi Qilaman.
Ancha vaqt ötib böldi,
Öyin kulgu yetar böldi,
Mana onam qirqqa töldi,
Qachon Sizni Rozi Qilaman.
Mol davlat deb tinim bilmasam,
Ortda qoldi yillar qarasam,
Öz özimdan asta sörasam,
Qachon Onam Rozi Qilaman.
Bugun bölsa mening imkonim,
Erta bilmam omonim jonim,
Ketmasidan daqiqa onim,
Qachon Onam Rozi Qilaman.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев