Orom olsa bu yurak bebosh. Qabrim uzra boshingni egib. Begim deya to'ksang tomchi yosh... Keyin esa tiz cho'kib sekin. Esla bahtli o'tgan kunlarni. Va bag'rimga qo'ygin ohista. Qo'lingdagi qizil gullarni... Bilsang edi qachondan beri. Yo'llaringda sarson ko'zlarim. Jaranglagan har bir sadodan. Seni ovozingni izlardim... Eh qanchalar bahtliman bugun. Taskin topdi qalbdagi ozor. Chunki hozir sen yonimdasan. Qolgan barcha-barchasi bekor... Iltimosim ketmagin bir zum. Yana bir oz qolgin yonimda. Uzatsamda yetmas qo'llarim. Sevar edim seni jonimdan... Men hozir ham derman bir seni. Faqat tanam tuproqlarga yor. Afsus jonim bila olmaysan. Nigohingga bo'lganimni zor... Taqdir bizni uchrashtirmadi. Hijron esa azobga soldi. Bir ko'rmoqlik etmadi nasib. Sen kelguncha jonimni oldi... Bo'ldi jonim boshingni ko'tar. Sen gulimga yig'lamoq nechun. Sen bahtiyor yashashing kerak. Men tinchgina uhlashim uchun..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев