"Yuventus" xujumchisi Alvaro Morata kelayotgan yozgi transfer vaqtida yana "Real" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda AS nashri habar beradi.
Предварительная загрузка увеличенную фотографию
Morata "Yuventus" hamda "Real" uchrashuvida hisobni ochuvchi gol muallifiga aylanish bilan bir qatorda uchrashuvning eng faol futbolchisi deb topildi. "Real" rahbariyati esa uni ortga qaytarish imkoniyatidan shu yilning o'zidayoq foydalanishni rejalashtirmoqdalar. Morata "Keksa senyora"lar safiga qo'yib yuborilayotgan vaqtda Madridliklar uni qaytarib olish sharti bilan sotgan edilar. Agar "Real" uni shu yildayoq qaytarib olishni istasa 30 million to'lab qo'yshi kerak bo'ladi. Chunki o'zaro kelishuv asnosida shartnomaga shunday band qo'shib qo'yilgan. Ya'ni 2015-yil qaytarilsa 30 million, 2016-yil qayta sotib olinsa 35 million yevro to'lashi kerakligi bayon etilgan.
Eslatib o'tamiz, Morata "Yuventus" safiga 22 million yevro evaziga ko'chib o'tgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев