Barcha o'qib chiqishi talab etiladi
Qadrli saytimiz foydalanuvchilari!!!
O'zingizga yaxshi ma'lumki, saytimiz bugunga kelib www.uz saytlari qatorida o'ziga yarasha mavqega ega bo'lib ulgurgan. Bunga albatta siz aziz foydalanuvchilarning hissangiz beqiyos. Sababi har qanday sayt ham ma'muriyat xizmatlari bilan bir qatorda aynan o'z foydalanuvchilari evaziga yuksaladi.
Ushbu sayt "Real Madrid" atalmish dunyoning eng buyuk futbol klubi muxlislari uchun tashkil etilgani hammaga ma'lum. Barcha Madridistlarni go'oyibona bo'lsada bir yerga to'plash, ularga jamoamiz haqidagi eng so'nggi ma'lumotlarni yetkazish, ularni mana shu saytda ajoyib fikrlari orqali do'stlikka targ'ib etish bizning maqsadimiz bo'lgan. Ming shukurlar bo'lsinki bu maqsadimizga ozmi ko'pmi erisha oldik. Nafaqat o'zgalar, balki o'zimiz ham shu sayt orqali ko'plab do'stlar orttirdik. Biroq...
Biroq guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek sayt nufuziga aks ta'sir ko'rsatuvchi holatlar ham kuzatilayotgani odamni ranjitmoqda. So'nggi vaqtlarda saytimizda axloqsiz, behayo so'zlar o'rin olgan komentlar ko'paymoqda. Bu asosan 2-3 nafar foydalanuvchining arzimagan narsa uchun o'zaro janjal ko'tarishlari oqibatida kelib chiqayotgani kulgli holat.
Kuni kecha sayt adminstratsiyasi elektron pochtasiga kerakli tashkilotlardan ogohlantiruv xati kelib tushdi. Unda yozilishicha saytda bir necha bor axloqsiz so'zlar, madaniyatimiz va qadriyatlarimizga ters keluvchi haqoratli komentlar ko'plab uchramoqda. Bu holat sayt tizimiga kiruvchi har qanday insonni, jumladan yoshlarni tarbiyasi uchun salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi keltirilgan. Agar shunday holatlar yana takrorlanadigan taqdirda sayt yopib qo'yilishi, axloqsiz va behayo so'zlar mualliflari esa jazoga tortilishi haqida qat'iy ogohlantirilgan.
Endilkda mana shunday holatlarni oldini olish maqsadida sayt qoidalarini yanada jiddiylashtirishga majbur bo'lmoqdamiz.
Saytimiz qoidalari bilan tanishing!
1. Saytda boshqa saytlarni reklama qilishi qatiyan man etiladi. Ogohlantirishdan so'ng, shu holat yana bir marta takrorlansa, foydalanuvchi 3 kunga blok qilinadi.
2. Saytda urush chiqargan va birovga so'kingan muxlis ham hech qanday ogohlantirish va sariq kartochkalarsiz blok bilan jazolaniladi. U qanday jamoa muxlisi ekanligi, saytda qanday nufuzga ega ekanligi (fahriylar, blogger va modeatorlar bo'lsa ham) inobatga olinmaydi. Janjalning boshi bo'lgan har qanday foydalanuvchi esa izoh va tushuntirishlarsiz saytda o'chirib yuboriladi.
3. Saytda bexayo (pornografik) suratlar qo'yish yoki shunga o'xshash materiallarni reklama qilish yoki joylash ham huddi 2-banddagi kabi qat'iy jazolaniladi.
Ushbu qoidalarni yodingizda tutgan holda sayt faoliyatiga aks ta'sir ko'rsatmaysiz degan umiddamiz. Bunday yo'l tutishimizga sabab "Real Madrid" fanatlari uchun ochilgan RealBlancos.uz sayti katta va mashaqqatli mehnatlar, mablag'lar evaziga yuzaga kelgan hamda eng aziz hisoblangan qadrli vaqtlarimiz evaziga shu darajaga ko'tarildi. Bu saytni shunchaki yo'q bo'lib ketishi, yopilishiga biz yo' qo'ymaymiz. Sizlar uchun mehnat qilayotgan, mablag' ajratayotganlarni qilayotgan ishlarini qadrlaysiz deb ham talab, ham umid qilamiz.
(Ushbu habar kun davomida bosh sahifaning yuqori qismida turadi)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев