Bazan xayot juda ham sokin,
Ko'targaysan taqdirning yukin,
Olislarda yurgan chog'imda,
Kimlarnidur sog'indimmikin.
Mening asli farishtam bo'lgan,
Qadrimni ham shu inson bilgan,
Yo'qligimda yolg'izlab qolgan,
Onam sizni sog'indimmikin.
Goh talashib erkalab o'sgan,
Yomonlardan yo'limni to'sgan,
Yig'lab kulib qancha kun o'tgan,
Ukam seni sog'indimmikin.
Ancha yillar goho toldirib,
Bolalikni ortda qoldirib,
Qadring sezib o'zim oldirib,
Do'stim seni sog'indimmikin.
Mahallangiz mensiz huvillab,
Kutmoqdasiz bildirmay yig'lab,
Tushda ko'rib kunlari o'ylab,
Gulim sizni sog'indimmikin.
Qirlaringda ochilgan lola,
Yigit bo'ldi bag'ringda bola,
Sening uchun to'kmoqda jola,
Yurtim seni sog'indimmikin.
Yiroq yurib yaqinlarimdan,
Oqibatni kutmadim kimdan,
Lekin chiqar shu so'zim dildan,
Chin mexrni sog'indimmikin.
Bayt tugadi hayollar qamrab,
Qalb so'zini yozaman jamlab,
"Ketgan kundan yo'limga qarab",
Kimdur meni sog'indimikin...
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonli Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев