Предыдущая публикация
(davomi)
Xar kimni ham do'st deb bo'lmaydi,
Do'st deganing do'stlik qilmaydi,
Nafing tegsa seni qo'llaydi,
Sinovlarga tayyormisan.
Yigit moli ko'chada bo'lar,
Musofirlik bo'ynida ular,
Xayot shudir ne kunni ko'rar,
Sen bariga tayyormisan.
Xalovat yo'q bazan tunda,
Sog'inch esa qiynar kunda,
Peshonangda bori shuda,
Nolimagin tayyormisan.
Bu xayotdir oshnaginam,
Ko'zlaringda ko'rmayin nam,
Uy solasan biram shinam,
Rohatlarga tayyormisan.
Har yerda ham halol bo'lgin,
Baraka bor shunda bilgin,
Sabr qilib davron surgin,
Omad keldi tayyormisan.
Kuzga borib to'y qilamiz,
Sevganingni yor qilamiz,
Xizmatda ham biz bo'lamiz,
Baxtli kunga tayyormisan.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonli Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев