Ex dunyoning tashvishi qursin,
Obrö, mansab, shuhrati ölsin,
Mag'rur qaddin Tangrim egmagin,
Har yigitning dastiga bersin.
Hammada ham döst dushman bölar,
Davring kelsa g'animlar kuyar,
Yiqilsang gar osmonda ular,
Har yigitning dastiga bersin.
Xayot yöling bazan zimiston,
Nur bölmaydi unutma har on,
Yorug' kunlar kelgaydir ishon,
Har yigitning dastiga bersin.
Qölda moling davlating bormi,
Egilmas hech savlating bormi,
Ota-Onang döstim xayotmi,
Tangrim özi dastingga bersin.
Taslim bölma xayot öyniga,
Bardoshli böl jidab zöriga,
Degin mayli "Shukur" boriga,
Har yigitning dastiga bersin.
Oriyat bu ölimdan battar,
Mansab yöqmi nomingni toptar,
Barchasiga sabr qilsang gar,
Tangrim özi dastingga berar.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев