Öz yurtingdan ketding keldi,
Musofir ham bölging keldi,
Oq yöl senga döstim endi,
Sen xayotga tayyormisan.
Quchog' ochib kim ham kutar,
Öz dardingni özing kötar,
Köz oldingdan yurting ötar,
Sen kutishga tayyormisan.
Körging kelar munis Onangni,
Quchog'ini qumsab Otangni,
Kim ham tinglar aytgin nolangni.
Sog'inchlarga tayyormisan.
Erkaliklar qilolmaysan,
Tunda orom ololmaysan,
Közingda yosh yig'lolmaysan,
Hammasiga tayyormisan.
Vaqt ötadi asta sokin,
Kun botadi yana sekin,
Yelkangdachi rözg'or yukin,
Kötarmoqqa tayyormisan.
Diydorlashish hali yiroq,
Seni örtar yana firoq,
Yana bir söz senga örtoq,
Bardoshlarga tayyormisan.
Qahraton qish ortda qolib,
Seni bahor kutib olib,
Bir maqsadni dilga solib,
Ishlamoqqa tayyormisan.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
davomi yozilishi mumkin...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев