Bandamiz nolimay shukur qilaylik,
Qalqonim bor deb qadrin bilaylik,
Omonat dunyoda ey aziz döstim,
Otaga munosib ög'il bölaylik.
Kamolga yetkazib minnat qilmaydi,
Ertami kechmi tinim bilmaydi,
Tangridan biz uchun baxtni tilaydi,
Otaga munosib ög'il bölaylik.
G'ururi hamda tayanchi ham biz,
Kelajak quvonchi ishonchi ham biz,
"Közdagi yoshiga sababchi ham biz,"
Otaga munosib ög'il bölaylik.
Qaddini hamisha kötarib yursin,
Töyingizga bosh bölib duoda tursin,
Farzandlarin yana rohatin körsin,
Otaga munosib ög'il bölaylik.
Siz goho kelsangiz qöllarda sharof,
Otaning bu holdan ahvoli harob,
Desagar shivirlab "orzuyim" sarob,
Otaga munosib ög'il bölaylik.
Dunyodan ketishin kutib qolmasin,
Farzandin ortidan g'avg'o körmasin,
Ellikga kirmasdan nurab sönmasin,
Otaga munosib ög'il bölaylik.
Bu qaytar dunyodur yodda tutaylik,
Ranjitgan bölsak gar könglin olaylik,
Bizlarga jannat armon bölmasin,
OTAGA MUNOSIB ÖG'IL BÖLAYLIK...
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев