Dilda jöshib borar mungli satrlar,
Ohimni eshitdi qirlar adrlar,
Negadur özimni yolg'iz sezyapman,
Mendan yiroq böldi yonimdagilar,
Qani qadrdonlar mening döstlarim,
Haqiqat achchiqdur tinglang sözlarim,
Barini körmoqda bugun közlarim,
Mendan yiroq böldi yonimdagilar.
Bilaman hozir yöq mening koshonam,
Qayg'uda qoldimi yana dilhonam,
Hamisha yonimda xokisor ONAM,
Mendan yiroq böldi yonimdagilar.
Oqibat olisdan elas körinar,
Ishonchim yarador qalbim tilinar,
Yana ne bölganin menga bilinar,
Mendan yiroq böldi yonimdagilar.
Yurak yuragimga xiyonat botdi,
Kunlar ötaverar yana tong otdi,
Yölga termulgancha Akbarshox kutdi,
Mendan yiroq böldi yonimdagilar.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев