Gohida kech bilar inson qadrini,
Bildirmay ötadi yana dardini,
Gözalsan dunyo sinovlar bilan,
Ey xayot sinama yigit sabrini.
Tog'lardek bardoshi nurab qolmasin,
Xokisor yuragi armon körmasin,
Oqibat ishonchi aslo sönmasin,
Ey xayot sinama yigit sabrini.
Qaddi sinsa sig'may qolar samolarga,
Gul bog'lari öxshab qolib sahrolarga,
Bosh egmasin g'ururi yöq nodonlarga,
Ey xayot sinama yigit sabrini,
Boshda borin köz köradi bu haqiqat,
Bilib bölmas qachon kelar biz kutgan vaqt,
Vadasidan chiqadi u qilsa gar axt,
Ey xayot sinama yigit sabrini.
G'ururini öyin qilma chiday olmas,
Mard yigitlar nomardlarga ketmaydi pas,
Tuproqlardan yaralgandur tillo emas,
Ey xayot sinama yigit sabrini.
Xazonlardek tökilmasin or nomusi,
Shukur qilsak Yaratgan ham qöllar özi,
Akbarshoxning yana bir bor aytar sözi,
EY XAYOT SINAMA YIGIT SABRINI...
Muallif: Akbashox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев