Mendan nima qolar:ikki misra sher,
ikki sandiq kitob,bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desar der,men seni öylayman özimdan özimdan köproq-
lola,lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Men ketsam,yomondan yiroq böl, oxu,
chunki sen chiroyli körkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun yaxshi bölaru,
Yomon odam yaxshi bölmas hech qachon.
Yasha chegara turgandek ogoh,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Uyda yotibmanu,sezib turibman-
kökda ketayotir qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib qanotlaridan,
Xasta shoirga vido aytishib.
Bor, mening uchun ham ularga qöl qoq,
lola, lolajonim LOLAQIZG'ALDOQ
Ularni men yana köramanmi-a,
Ayvondan odamdek kuzatolmadim.
Kuz. Töylar boshlandi yuragim pora,
Bitta qizimni ham uzatolmadim.
Demak,taqdir ekan töy körmay ölmoq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Biroq könglim sezar, mendan keyin ham
Bir kun bu hovliga odam töladi,
Xali töylar qilib charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng baxtli böladi!
Kelinlar köylagi ruhimday oppoq-
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Gulim yaqiroq kel, qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas, kimga mol dunyo,
Menga esa XAVO yetmaydi holos.
Tiriklar mudroqda, öliklar uyg'oq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Köksim kuyib borar, kökrak yonmoqda,
Ayting doktorlarga, yorishsa yorsin!
Jism öz ulfati-jondan tonmoqda.
Bechora jon endi qayerga borsin.
Endi osmon yiroq, endi yer yumshoq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Buni hayot derlar unitma aslo,
Bir kun ochilasan bir kun sölasan.
Qalbimda-ku faqat sen eding tanxo,
Qabrim ustida xam özing bölasan.
Sen bizning sevgidan xotira-bayroq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Ayol qalbing bilan suv kech, olov kech,
G'am kelsa boshingdan xushing uchmasin.
Xudodan söradim: mendan keyin hech-
Nomard kimsalarga ishing tushmasin.
Ularning qölida hamisha tuzoq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Ishing tushsa, inim Muxammadga bor,
Shoirla ichida ishonganim shu.
Bir oz ichishini aytmasa agar,
Köksi tiniq bola, xalol bola u.
Faqat sal soddaroq, faqat sal yoshroq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
Jon sönggi boshpana toparkan ongda,
U yurak ostida derdim men bölsam.
Ajablanma, agar ertaga tongda
Seni öpib, Öshni quchoqlab ölsam!. . .
Ötinchim- tepamda yig'lama uzoq,
lola, lolajonim LOLAQIZGALDOQ
(MUXAMMAD YUSUF SHE'RI) sevimli shoirimizning joylari jannatda bölsin!
Бевафо дунё хикоялари√™
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев