Sening yo`llaringa intizor edi Baxtim deb so`ylardi senga qora ko`z Izla dil topmaysan u yorni endi Qalbi bisotida qoldi qarg`ish so`z Senga deb tutgandim olov qalbimni Bir seni deb yonar edi bu yurak Ayriliq hijronining og`ir zarbini Ko`tara olmayin xastadir yurak Qarog`imdan tomar endi uchqunlar Qalbda otgan edi sevgi kurtagi Sog`inch nina bo`lib qalbim chuqurlar Va dilda qoldi ishq mahzun ertagi Ishqimni ochgandim desam bulbulga U bulbulni qalbi ekan bag`ri tosh Quloq solmay uchdi chaman guliga Yuzlarimga tomdi marvarid duryosh O`tasan yonimdan biror so`z demay Go`yoki ikimiz yotmiz begona Diydorning yuzini sen tuhfa etmay Muhabbat dardida etding devona Qo`linga uzukni taqdi o`zga yor Baxtlimisan endi aytchi bevafo Avj oldi o`lanlar avj oldi yoy yor Qayda qoldi sevgi qaydasan vafo Ayriliqga men ham ko`nikib qoldim Yo`llarimiz ayro ekan dil netay Yashadim armonlar gulini oldim O`zim sog`inchdayu senga baxt tilay.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев