Endi kim sizdayin o'ylaydi bizni, Tunlar duo qilib poylaydi bizni, Ayriliq azobi qiynaydi bizni, Biz sizni sog'indik, sizni DADAJON... Halovat bor edi ishlarimda ham, Ko'nglim bahor edi qishlarimda ham, Hech bo'lmasa ko'rmayman tushlarimda ham, Men sizni sog'indim, sizni DADAJON... To'ylarimni ko'rsangiz bo'lar ediku, To'yimda bosh bo'lib tursangiz bo'lar ediku, Baxtimga bor bo'lib yursangiz bo'lar ediku, Men sizni sog'indim, sizni DADAJON... Bor edi o'zgacha xislatlaringiz, Baytlar qo'shib aytar hikmatlaringiz, Bag'rimga bosgancha suratlaringiz, Men sizni sog'indim, sizni DADAJON... Ruxingiz chashma-yu Kavsarla qo'nsin, Xurlar haq nuridan ehromlar yopsin, Ruxingiz JANNATda oromlar topsin, Sog'inib yashasak ham sizni DADAJON, O'ylamay tinch yoting bizni DADAJON......!!!!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев