Urgut tumani— Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Viloyatning jan.sharqiy qismida joylashgan. Shim.sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulung'ur tumani, shim. da Toyloq, shim.g'arbda va g'arbda Samarqand tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi, jan.da Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 1120,3 km². Aholisi 335,2 ming kishi (2002). Tumanda bitta shahar (Urgut), 12 qishloq fuqarolari yig'ini (Baxrin, Beshbuloq, Jartepa, Ilonli, Ispanza, Mirzaqishloq,Pochvon, Uramas, Yangiariq, Qoratepa, G'us, Hamza) bor. Markazi — Urgut sh.
Tabiati. Tuman hududi Zarafshon tog' tizmalarining davomi bo'lgan Chaqilikalon va Qoratepa tog'larining yon bag'irlarida, o'rtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va g'arbiy qismlari pastbaland tekislik bo'lib, bir qancha soyliklar bor. Tog' yon bag'irlari slanets va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirg'oqlari tik.
Adirlar g'ovak va bo'sh cho'kindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng . Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar (Kiyev tri va b.) bor. Chaqilikalon va Qoratepa tog'lari orasidagi Taxtaqoracha dovoni (1675 m) orqali Katta O'zbekiston trakti o'tadi. Urgut kuchli seysmik hududlardan biri bo'lib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqo'ton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganets, mis, volfram va b. foydali qazilmalar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning o'rtacha t-rasi — 1,5°, eng past t-ra —25°, iyulning o'rtacha t-rasi 24,4°, eng yuqori t-ra 49°. Yillik yog'in 459–500 mm. Yog'inning ko'p qismi qishda (34%) va bahorda (48%) tushadi. Oqqo'rg'on, G'ijduvonsoy, G'ussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Darg'om, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va b. kanallar bor.
Aholisi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, yahudiy, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o'rtacha zichligi 1 km² ga 300 " kishi (2002).
Xo'jaligi ning yetakchi tarmoqlarini q.x. mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va mahalliy sanoat tarmoqlari tashkil etadi.
Tumandagi 800 dan ziyod korxonaning 52 tasi o'rta, 261 tasi kichik, 506 tasi mikrofirmalar. Marmarni qayta ishlash, g'isht, shlakbeton plitalar i.ch., tamaki fermentatsiyasi, meva, go'sht, sutni qayta ishlash, non pishirish, qandolatchilik, har xil yaxna ichimliklar i.ch. korxonalari bor.
Avtomobil, muzlatkich, televizor va radioapparaturalarni ta'mirlash korxonalari ishlab turibdi. U.t.da hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Hunarmandchilik bilan 3500 dan ziyod kishi shugullanadi.
U.t.da Belgiya bilan hamkorlikdagi "UrgGazkarpet" qo'shma korxonasi, O'zbekiston — Turkiya "UrgANTET YASHAM", "Urgut qoplon", "Urgut SaMNegin" gilam i.ch.ga ixtisoslashgan qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatadi. Marmar toshni qayta ishlaydigan "Urgut LADO marmar", qurilish buyumlari ishlab chiqaradigan "Samplastik", tamakini qayta ishlaydigan "UzVAT" qo'shma korxonalari ishlab turibdi.
Tuman q.x. tamaki, g'alla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillarda tuman uchun Pastdarg'om tumanida ajratilgan yerda paxta xam ekilmokda. Tumandagi asosiy texnika ekini — tamaki. U.t. yer fondi 112 ming ga ni tashkil etadi. 9 ming ga yerga tamaki, 14,8 ming ga yerga don ekinlari, 1,2 ming ga yerga kartoshka, 145 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 2907 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1,4 ming ga yer bog va tokzor bilan band, 46,8 ming ga yer yaylov.
Tuman chorvachiligida qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik yetakchi o'rinda. Yetishtiriladigan q.x. mahsulotlarning asosiy qismi fermer va shirkat xo'jaliklari hissasiga to'g'ri keladi. U.t. da 381 fermer, 23 shirkat xo'jaligi faoliyat ko'rsatadi. Chorvachilikda qoramol, qo'y va echki, parranda, yilqi boqiladi.
2003/2004 o'quv yilida 127 umumiy ta'lim maktabi (102,3 ming o'quvchi), 2 maxsus sog'lomlashtirish internati (4,9 ming o'quvchi) faoliyat ko'rsatadi. 70 kutubxona, madaniyat uylari, 21 sport maydoni ishlab turibdi. 8 kasalxona (830 o'rin), 36 qishloq davolash bo'limi, 27 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiy muassasalarda 488 vrach ishlamoqda. 14 dam olish maskani va yozgi oromgoxlarda viloyat va qo'shni Navoiy viloyatidan kelgan bolalar dam oladilar.
1992 y.dan "Chinor" tuman televideniyesi eshittirishlar olib boradi. 1956 y.dan "Urgut sadosi" tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 3000).
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 8