Savollar soatdek uraverar bong.
Tuyg'ular aylandi zavollarimga.
Yurakda otmaydi endi oppoq tong.
Men o'tdek yonaman o'tdek o'chaman.
Kuygan dunyolarning g'unchalarida.
Yurakka ergashib tog'dek ko'chaman.
Sevgimning javobsiz ko'chalarida.
Meni sevmaganlar yurtida qoldim.
Chopib yetolmagan sho'rlik isxorman.
Bugun inkorlarni bo'ynimga oldim.
Sevmas sevgilarning dastidan xorman.
Istakning yo'lida adashayapman.
Ishq tugar taqdirning kechalarida.
Baxtsiz orzularga yarashayapman.
Javobsiz sevgimning ko'chalarida.
Shunchaki yurakga sig'madim xolos.
Buyruqlar oshiqlik davo qilmaydi.
Sevilish zavqiga topilmas qiyos.
Bir bora sevmagan buni bilmaydi.
Bugun yuragimga taskin beraman.
Dard yashar uning xar parchalarida.
Sen uchun bog'lardan gullar teraman.
Javobsiz sevgimning ko'chalarida.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1