Men eshikka termulib yigʻlab,
Seni har kun kutarman bolam.
Nahot endi bagʻrimni tigʻlab,
Armon bilan oʻtarman bolam?
Vujudda toʻqqiz oy koʻtardim,
Soʻng ikki yil koʻtardim qoʻlda.
Yuragimda bir umr tagʻin-
Koʻtargancha koʻzlarim yoʻlda.
Gʻam-qaygʻuga birodar ekan,
Tatimaskan toʻy-shodiyona.
Xoʻrlanishda barobar ekan,
Daydi it va qadrsiz ona.
It bir umr xojasin uyin,
Qoʻriqlarkan marhamat kutmay.
Xojasichi suyak tutmayin,
Duch kelganda oʻtmaydi tepmay.
It xam Alloh yaratgan jonzot,
Deya oʻyga choʻmmaydi aslo.
Vaqti kelib etganda vafot,
Xoja itni koʻmmaydi xatto.
Garchi yuzi boydir chiroyga,
Koʻngil uyi toʻlib nafratga.
Uloqtirar tashlandiq joyga,
YO tashlaydi itni axlatga.
Pora-pora onangning qalbi,
Tashlab ketding uch yil ilgari.
Senga vafo qilsam it kabi,
Xorlanding-ku sen it singari!
Yodingdami bolalik chogʻing,
Olib bering devding kuchukcha.
Mushuk boqqin desa oʻrtogʻing,
Kerak emas derding mushukcha.
Olib bergan edim it shunda,
Quvonganding, oʻynab kulganding.
Bolasanda, iting oʻlganda,
Yigʻlab-yigʻlabuni koʻmganding.
Tushsa hamki boshga muammo,
Ming bir dardga koʻnadi odam.
Itingni-ku koʻmganding ammo,
Men oʻlsam kim koʻmadi bolam?
Hanuzgacha oʻylayman seni,
Bolajonim ochmikan toʻqmi.
Lek bir savol qiynaydi meni,
Bir itchalik hurmatim yoʻqmi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев