=======
Hozirda yoshlarimiz orasida Odnoklassnikini bilmaydigan odam bo'lmasa kerak. Ushbu maqolada shu sayt haqida ma'lumotlar berib o'tamiz.
-------------------------------------------------------------------------------- Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog'i 2006-yilning 4-martida Alfred Popkov tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda ushbu tarmoqning 45 millondan ortiq foydalanuvchisi mavjud. Tarmoqning 2008-yil 1-choragidagi daromadi 3 millon 300 ming dollarga yetdi.
--------------------------------------------------------------------------------
Odnoklasnikining bosh ofisi Moskva shaxridagi "Golden Telecom"da joylashgan.
--------------------------------------------------------------------------------
2008-yil fevral oyida Britaniyaning I-CD kompaniyasi Alfred Popkovni mualliflik huquqini buzishda aybladi. I-CD aybnomasiga ko'ra, "Alfred Popkov 2005-yilgi iste'fosiga qadar I-CD kompaniyasining 192.com hamda Passado proyektlari ustida ish olib borayotgan ishchisi edi. Keyinchalik esa, Popkov huddi Passadoga o'xshash tarmoq yaratdi."
Biroq Alfred ushbu aybnomani rad etadi. Lekin 2009-yil noyabrda I-CD vakili Alasteyr Krauford Alfred Popkovni Londondagi qirollik sudiga berdi. Suddan so'ng, Popkov I-CD kompaniyasiga katta miqdorda jarima to'lashga majburbo'ldi.
--------------------------------------------------------------------------------
Hozirgi kunda ushbu sayt bizning yoshlarimiz orasida ham urfda. Odnoklassniki.ru tarmog'i 6 ta tilda ish yuritmoqda. O'sha tillar orasida bizning O'zbek tilimiz ham borligi esa ayniqsa quvonarlidir!
Odnoklassnikining xozirda foydalanuvchilari soni 100millionga yaqinlashmoqda, Vkontakte tarmog'ining asosiy raqobatdoshi. Odnoklassniki asosan sobiq sovet mamlakatlarida mashxur. Bu tarmoqdan O'zbekistondan ham 2.5mlnga yaqin foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan (ushbu sonlar ko'paymoqda). Tarmoq Facebook, Vkontakte tarmoqlariga yetmasada Odnoklassnikining mobil versiyasi ko'pchilik foydalanuvchilarga hush kelgan va kelmoqda. Shuning uchundirki kundan-kunga ushbu tarmoq rivojlanib bormoqda. Shunday ekan bizning www.MaxOK.Ru saytimiz ham shunga yarasha xizmat qilishga xarakat qiladi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев