Kunlarning birida ko'chada ko'z
yosh to'kib o'tirgan bir qizga
ko'zim tushdi. Men uning oldidan
befarq o'tib keta olmadim. Asta
kulib uning yoniga o'tirdim oz
vaqt o'tgach unga qo'limdagi
suvni iching deb berdim. U
menga bir qarab qo'ydi. Rahmat
deya bir xo'plab ichib qaytarib
berdi. Uning shu birgina nigoh
tashlaganida ko'zlarida achinish,
beg'uborlik shu bilan birga pok
sevgini his etdim. Undan
xijolatomus tarzda nima
dardingiz borki sizning bu shaxlo
ko'zlarizdan tinmayin yosh
oqayapti deya so'radim. U esa
bilasizmi? ota-onamdan xafaman
dedi. Bir paytlar internet orqali
bir bola bilan tanishib qolgan
edim. Uning mazmunli suxbati,
ma'no to'la gaplari menga
yoqardi. Gohida katta insonlar
kabi o'rinli maslaxatlar berar
gohida yosh bolalardayin
erkalanardim. Bir xilda rashkini
qo'zg'atish maqsadida do'stlarim
davrasiga begona insonlarni
qo'shar edim u bir so'z demay
arazlab olardi mendan. Shunday
vaqtlar begona insonni o'chirib
tashlardim. U bilan uzoq-uzoq
suxbat qurib turardik. Unga
kundan-kun bog'lanib borar
edim. Suxbatlarimiz soatlab
davom etardi, tunlari bedor
kunlarim esa bir maromda
davom etardi, asta-sekin
raqamlarni almashdik. Uning ilk
ovozini eshitganimda allaqanday
hayajonni his etdim bir kuni
uchrashishga qaror qildik u
menga men bora olmayman
ishxonam oldidagi cafega keling
dedi. Men rozi bo'ldim, men yetib
borganimda u meni bir dasta gul
bilan kutib o'tirar edi.
Salomlashib kelib o'tirdim suxbat
qurib o'tirdik. Xayrlashish vaqti
kelganda men o'rnimdan turib
unga qaraganimda bildimki u
nogironlar aravasida o'tirar edi.
Hayajondanmi payqamabman.
Xayrlashdik uyga kelib o'yladim
uning ma'noli suxbati bexol
oyoqlarini yengdi. Telefonni olib
raqamini terdim. U meni
qo'ng'iroqlarimdan
bolakaylardek sevindi. Uning
aytishicha qo'ng'iroq qilishimga
umid qilmagan ekan va yaqin
kunlarda shaxarga oyoqlarini
qayta tekshiruvga ketishini va u
har doim Allohdan faqat shu
nogiron oyoqlari tezroq o'z
vaznini ko'tarib yurib ketishini
so'rashini aytib xo'rsindi. Men u
bilan tez uchrashadigan bo'ldim.
Men uni sevib qoldim. Oradan
vaqtlar o'tib undan menga
sovchilar keldi. O'zi esa uyimiz
pastida kutib turardi. Uning
xolatini eshitgan ota-onam u
haqida ham eshqat'iyni ham
xoxlamay rad javobini berishdi.
Shunga nima qilishga
xayronman, xozir u kelsa endi biz
birga bo'lolmasligimizni aytaman
dedi. Suxbatimiz tugar chog'ida
uzoqdan aravachada bir inson
ko'rindi qo'lida bir quchoq gul.
Qiz yoshini artib tabassum bilan
xayrlashib bola tomon tez tez
yurib va asta sekin shoshilib
yugurganicha ketdi. Lekin
yo'lning narigi tarafida katta
tezlikda yeldek uchib kelayotgan
mashinaga e'tibor ham
bermagandi. Men quvondim
sevgining qudratidan qizning
sevgisidan quvonib bir zum
ularga baxt tilagan holda hayolga
berildim va mashinaning kuchli
zarb bilan urilgan ovozidan
to'g'risi yig'lashni ham baqirishni
ham bilmay qoldim. O'shanda
mashina qizni urib yuborgan va
rulni beixtiyor boshqa tomonga
burgan haydovchi to'g'ri
aravachadagi yigitning ustiga
mashinani yo'naltirgandi. Qisqa
fursat ichida bunday musibatni
avvalom bor Allohning irodasi
bandalarining peshonasiga
yozgan TAQDIRI, QISMATI deb
o'zimni ovuntirsamda tezda
borib yo'l chetida xushini yotgan
qizni ko'rib va unga bir necha
metr yaqinidagi sevgan yigitining
falokat joyida halok bo'lganini
ko'rib ko'zimga yosh keldi. Men
birinchi navbatda qizni yaqin
atrofdagi kasalxonaga olib
bordim. Qisqa vaqt ichida 0ta
0nasi oq xalatda kelishdi.
Bilishimcha ular ham shu
kasalxonada ishlarkan. Xullas shu
kuni uyga qaytdim. Oradan 3oy
o'tdi. Xuddi ilgarigi qizni ko'rgan
joyga borib o'tirdim. 1soatlardan
uzoqdan aravada farishtaday oq
kiyimda bir qiz yaqinlashardi. U
kelgach esa xammasini aytib
berdi. Sevgan yigiti vafot etgani
va vaqtida 0ta 0nasi uni nogiron
deb haqoratlaganlari evaziga
Allohning menga bergan himmati
deya ko'ziga yosh oldi.
Suxbatlashdik. Xayrlashar
ekanman uni xanuz kimnidur
kutayotgandek sezdim. Lekin
kimniligini bilsamda u endi
oramizdi yoq edi. Bu taqdir bu
dard. Olloxning özi bizni asrasin
iloxim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев