Ko'z ochaman dilimda quvonch,
Xayotim ham davom etmoqda,
Do'stlarimga bog'lab bir ishonch,
Bugun esa boshqa misralar,
Jigargo'sham senga atadim,
Ko'rinsalar yaxshi kimsalar,
Xursand bo'lib seni maqtadim,
Aytaman men quvnoq damlarni,
Balkim bir oz shodlikka to'lib,
Unutaman endi g'amlarni,
Ukam yurgin qalqonib bo'lib,
Bardoshingga qoyil qolaman,
G'am yutib ham kulib turasan,
Sen yo'q bo'lsang qayga boraman,
Og'ir kunda o'zing bo'lasan,
Xayot o'zi asli beshavqat,
Joning ezib o'tga soladi,
Lekin ukam qo'rqmagin faqat,
Yonginangda akang bo'ladi,
Ollox bizga bo'lsin madadkor,
Elning erka o'g'li bo'laylik,
Intilganga doim tole yor,
Ota-Onam rozi qilaylik.
Mana yana so'ngi misralar,
Yozib bo'ldim dildan so'zimni,
Mayli qancha katta bo'lsang ham,
Erkatoyim ukam o'zimni.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев