marafoni bekor qilindi
“O‘zbekiston madaniyati
va san’ati forumi”
jamg‘armasi shu yil 28-
aprel kuni o‘tkazilishi
kerak bo‘lgan “Hayot
uchun” hayriya
marafonini qoldirish
haqida qaror qabul qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra,
xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida
qo‘riqlanadigan
inshootlardan
tashqaridagi barcha
ommaviy tadbirlar bekor
qilinadi.
Jamg‘arma vasiylik
kengashi raisi Gulnora
Karimovaning o‘z
tvitterida yozishicha,
marafonning o‘rniga
kino, estrada, teatr
yulduzlari ishtirokida,
jonli efir orqali
Bostondagi
portlashlardan jabr
ko‘rganlarni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan
aksiya o‘tkaziladi. Tadbir
Toshkentdagi “Turkiston”
saroyida bo‘lib o‘tadi.
Esdalik yozuvlar
tushirilgan maykalar
“Fond Forum”ning
AQShdagi “Syuzan
Komen” jamg‘armasidagi
hamkorlari orqali
Bostonga yetkazilishi
aytilmoqda.
Lekin “Hayriya futbol
uchrashuvi” bekor
qilinmagan. Marafon bilan
bog‘liq barcha
o‘zgarishlar haqida 23-
aprel, seshanba kuni
bo‘lib o’tadigan maxsus
matbuot anjumanida
ma’lum qilinadi.
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52968155250937&_prevCmd=userMarks&tkn=9530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев