to’g’ri ichak pastki bo’limidagi
venalarning varikoz kengayishi.
Doim ich qotib yurishi,
bachadonning qayrilgan bo’lishi,
to’g’ri ichakdagi yallig’lanishlar,
uzoq vaqt o’tirib mehnat qilish
va boshqa shart-sharoitlar
bavosil paydo bo’lishiga imkon
yaratadi. Bavosil ko’proq o’rta
yashar odamlarda uchraydi.
Yengil hollarda bemorlar hech
qanday nohushlik sezmaydi;
kasallik zo’rayganda orqa
chiqaruv teshigi qichishib
achishadi, qizib turadi, og’riydi,
qon keladi. Hojat vaqtida
ichkaridagi bavosil tugunlari
tashqariga chiqishi va qisilib
qolishi ham mumkin. Hojatga
borib kelinganidan keyin har
safar orqa teshik va oraliqni
qaynagan sovuq suv bilan
yuvish muhim. Bavosil bo’lgan
kishi albatta vrachga ko’rinishi
kerak. Davosi kasallik sabablarini
bartaraf etishga qaratiladi
(masalan, ich qotib yurishga
moyillik bo’lsa, tegishli parhez
taomlar, ich suradigan mayin
dori-darmonlar buyuriladi);
vrach tavsiya etgan sham dorilar
og’riqni yo’qotishga yordam
beradi.bavosilning og’ir
formalarida operatsiya qilish
zarur.
Xalq tabobati
- Tuxum sarig’ini yesa yoki
tovuq tuxumini guruch bilan
qaynatib yesa, yaxshi. Umochli
ovqat, atala, mayizni anor suvi
bilan yesa yoki behi suvi bilan
yesa, juda yaxshi foyda qiladi.
Ovqatlari: kasal tuzalguncha, 15
kun gulqand, zig’ir yog’I,
kungaboqar yog’I va o’simlik
yog’laridan yengil ovqatlar yeb
yursa, xamirning hamma turlari
va qovurma ovqatlar yeyilmasa,
kasallik tezda tuzalib ketadi.
- Tok bargini talqon holatida
iste’mol qilish qonga foyda
qiladi.
- Bavosil kasalida har qanday
kulni orqaga sepgandan keyin,
albatta, yuqorida aytilgan
yog’lardan birini qo’ygani yaxshi
foyda beradi. Tok bargi
talqoniga teng asal qo’shib, 10
kun 3 mahaldan orqaga surtilsa,
qon begumon to’xtaydi.
- Turpning urug’I talqoniga teng
asal qo’shib, unga to’yingan
dokani 12 kun pilik holatida
orqaga 2 sm tiqib qo’yilsa, foyda
beradi.
.
- Bavosilning yengil va og’ir
formalarida ham arpa talqoni
yoki qashqarbedaning talqoni
huddi shunday yaxshi natijalar
beradi. Faqat bunda quyidagi
yog’larning biri qo’shiladi. Agar
yog’ qo’shilmasa, bemorning
ahvoli zaiflashadi, orqa yaralar
tortishib og’riydi. Masalan,
kanakunjut yog’I, zig’ir yog’I,
achchiq bodom yog’I og’riq
qoldiruvchilardir. 12 kun 3
mahaldan surish zarur. (Bu
muolajalar ko’p marta sinab
ko’rilgan).
- Marsiqni talqon qilib, yanchib,
orqa teshikka qo’yib, 10 kun 2
mahaldan bog’lab yotiladi. Uni
pishirib yesa ham foyda qiladi.
Muallif: Hoji Mengnazar Rustam
o’g’li
Manba: "Dard borki, darmon bor”
Islom tibbiyoti
Bavosil kasalligi qadimdan
ma’lum bo’lib, unga birinchi
bo’lib Gippokrat ”gemmoroy”
deb nom bergan. Tibbiyot
bobokaloni Abu Ali ibn Sino ham
o’zining mashhur ilmiy asarlarida
bavosilni davolash usullarini
ko’rsatib o’tgan. Ma’lumki,
bavosil to’fi ichak pastki qismi
vena, qon tomirining tugun-
tugun bo’lib kengayishidir.
Tugunlar orqa chiqaruvteshigida
joylashishiga qarab ichki va
tashqi bo’lib, o’tkir va surunkali
kechadi. Orqa teshik atrofida
so’galsimon, tugmasimon,
no’xotsimon yoki uzumsimon
tugunlar (o’zmalar paydo bo’lib,
bavosilning eng og’irlashgan
bosqichlarida tashqariga
yumaloq, taxlama tarzida chiqib
ketadi va yiringli och rangli qon
oqadi. Bavosilni uzoq vaqt
beparvolik bilan odamlardan
uyalib, yashirib davolanmasdan
yurish esa yomon oqibatlarga
olib keladi. Masalan, bavosilning
eskirib, kuchayib ancha og’ir
davrida, ya’ni ko’p qon ketganda
yoki ichki bavosil tugunlari
tashqariga chiqqanda jarrohlikka
zarurat tug’iladi.
Bavosil bilan odatda o’rta va
keksa yoshdagi kishilar, ko’proq
erkaklar kasallanadi, ba’zan
yoshlarda uchraydi. Olimlarning
ma’lumotlariga ko’ra, bu xastalik,
ayniqsa, issiq iqlim sharoitidagi
Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida
keng tarqalgan. Bu dardga
chalingan odamning orqa teshigi
yallig’lanadi, shishadi, qon
aylanish tartibi buziladi,
devorlari noziklashadi, ba’zan
chekkalari yoriladi, qonli yiring
oqadi. Hojat qiynlashadi, og’riq
kuchayadi, isitma chiqadi va
hokazo. Olim, shifokor va xalq
tabiblarining ta’kidlashicha,
bavosil xastaligining bo’lishiga
odamning issig’i oshib ketishi,
ya’ni har kuni iste’mol qilinuvchi
ovqatlarning quvvati
sarflanmasdan, ma’lum qismi
inson badanida to’planib borishi,
ayniqsa, qovurilgan, yog’li
ovqatlar, ortiqcha shirinliklar, ich
qotib ketishi, uzoq vaqt o’tirib
mehnat qilishi, kam harakatlilik,
jismoniy ish bilan yoki
badantarbiya bilan
shug’ullanmaslik, meva, sabzavot
va oshko’klarni kam iste’mol
qilish, yo’g’on ichak, jigar
kasalliklarida, venalarning o’sma
yoki homilali bachadon bilan
bosilishi natijasida to’g’ri ichak
va kichik chanoq venalarida qon
dimlanishi va boshqa sabab
bo’lar ekan. Bavosil ko’pincha
asta-sekin rivojlanadi. Uning bir
necha rivojlanish bosqichlari
mavjud bo’lib, yengil rivojlanish
bosqichida bemor hech qanday
noxushlik sezmaydi va bezovta
bo’lmaydi. Kasallik avj olganda
orqa chiqaruv teshigi qishishadi,
achishadi, qiziydi, ba’zan
og’riydi, ichi qotadi, qon keladi
va boshqalar.
Spirtli ichimlik ichganda, ba`zan
jismoniy ishdan so’ng bu sezgilar
kuchayadi, keyinchalik ahlatda
gemorroydan qon ketishi
mumkin. Agar bavosilda
gemmoroidal tugunlar tiqilib
qolsa yoki yallig’lansa, qattiq
og’riq beradi, harorat ko’tariladi,
ich qotishi kuzatiladi.
Og’irlashgan hollarda yallig’lanish
atrofdagi to’qimalarga tarqaladi
(paraproktit). Bavosil hronik
kechib, vaqti bilan zo’rayib
turadi, zo’rayish davrlari orasida
bemor o’zini sog’lom his qiladi.
Kasallik zo’rayganda bunday
davrlar orasida qisqarib, qon
ketishi kuchayadi.
Shifokorlarning kuzatishlaricha,
kasallik zo’riqqanida bavosil
tugunlari devorlari yupqalashib,
qon ketadi va bu kamqonlikka
sabab bo’ladi, bemorning
darmoni quriydi.
Maqolamizning so’ngida shu
soha mutaxassislari, olim,
shifokor, xalq tabiblari bavosil
hastaligining oldini olish va uni
davolash chora-tadbirlarini
eslatib o’tamiz:
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1