Vazn yo’qotish uchun mo’ljallangan diyetalarni biz ortiqcha kilogrammlardan voz kechishga qo’llaymiz. Sportchilar quvvatga boy diyetalardan o’z natijalarini yaxshilash uchun foydalanishadi. Vegetarianlar esa hayvonlarni himoya qilish uchun ulardan foydalanishadi.
Vazn yo’qotish uchun mo’ljallangan diyeta, qolgan diyetalarga solishtirganda keng tarqalgandir. Vazn yo’qotish strategiyamiz biz erishmoqchi bo’lgan maqsadlarga mos ravishda rejalanishi kerak. Bu borada biz yoshimiz vo sog’lig’imiz holatini hisobga olishimiz shart. Bu juda muhim, chunki yaxshi diyeta bizning talablarimizni to’la holatda qondirishi kerak. Tananing vaznidan juda tez voz kechish, uning quvvatidan, vitaminlardan va ozuqalardan voz kechishga olib keladi. Natijada bizning terimiz, sochlarimiz va tirnoqlarimiz zararlanadi.
Bizning sog’lig’imiz va chiroyimizni yaxshilash uchun biz sog’liq uchun mo’ljallangan diyetadan foydalanishni tavsiya etamiz. Bu esa o’z navbatida bizning diqqatimizni yaxshilaydi, saraton kasalligi paydo bo’lishiga profilaktika bo’ladi, depressiyaga qarshi kurashishga va umuman hamisha yaxshi kayfiyatda bo’lishga yordam beradi. Diyetalar zararli amallardan ozod bo’lishga ko’maklashadi.
Ba’zilar uchun, diyeta ovqatlanish yo’lining to’la o’zgraishiga olib keladi. Bu hayot davomida bizga hech qanday noqulayliklar yetkazmaydigan ovqatlanish yo’lini o’zgartirish metodidir.
Diyetlar kimlar uchun?
Diyetlar faqatgina vazn yo’qotish uchun mo’ljallangan emas. Shunday holatlar bo’ladiki, bizning hayotimizdagi hodisalar bizning ovqatlanish tarzimizni aniqlab keladi. Har bir insonning o’ziga yarasha talablari bor, shu sababli diyetlar turlidir.
Homilasining sog’lig’ini anglayotgan homilador ayollar diyetasi kalsiy va magniy ta’minotiga muhtoj bo’lgan talabalar diyetasidan shubhasiz ancha farq qiladi. Katta yoshlar diyetasida turli hil qarish jarayoni va kayfiyat bilan bog’liq talablarga e’tibor berilgan. Ba’zan, yengil vazn muammosiga duch kelgan insonlar, testlari va harakatlariga qaramay, hech qanday natijaga erishishmaydi. Bunday holatlarda vazn orttirish diyetasi yordam beradi.
Fasl diyetalari
Ba’zan biz faslga qarab diyetani tanlaymiz. Buning sababi, ma’lum faslga qarab bizning tanamizning ehtiyojlari o’zgarib turadi va ma’lum fasllarda ma’lum mahsulotlar bo’lmasligi mumkin. Yoz diyetasi yangi terilgan sabzavotlar, mevalar va o’tlarga boy bo’ladi. Qish diyetasi esa tanamizni quvvat bilan to’ldirishga va immunitetimizni oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Tanamiz ko’proq quvvatni talab qilgani sababli qish faslida biz ko’proq kaloriyaga boy taomlarni istaymiz. Diyetaga amal qilishga irodasi yetmagan shaxslar uchun esa biz bir kunlik yoki uch kunlik diyetalarini tavsiya etamiz.
Diyetani to’xtatish
To’g’ri diyetaga amal qilishimizdan tashqari uni to’g’ri to’xtatish ham juda muhimdir. Diyetani to’xtatish jarayoni ratsional o’tib ideal vaznni saqlab qolishi kerak. Istalgan natijaga erishishi uchun vaznni asta sekinlik bilan yo’qotish yetarli bo’lib, keyinchalik kam kaloriyali ozuqalar iste’molini bosqichma bosqich kamaytirish kerak. Uzoq muddatli natijalarga erishmoqchi bo’lsak, diyetamizni kundalik amaliyotimizga aylantirishimiz kerak. Diyeta hayotimizni qismi bo’lib jismoniy faoliyat bilan birga bo’lishi kerak. Bu tanamizga kundalik kaloriya talabini qo’yishga yordam beradi. Kaloriyalar asosan bizning vaznimiz oshishi yoki kamayishi uchun javob beradi. Tanamizni optimal miqdordagi kaloriya bilan ta’minlasak metabolizm jarayoni tartibga tushadi va yo-yo effektidan saqlaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев