O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti ilmiy xodimlari inson organizmidagi immunitet tanqisligi virusi (OIV) faolligi bilan kurashishga yo‘naltirilgan vositani ishlab chiqdi. Bu haqda „Daryo.Uz“ internet nashri xabar bermoqda.
Ushbu dori vositasini Institut olimlari Shavkat Solihov va Saidmuxtor Mavlonov Rossiyalik mutaxassis Eduard Karimov bilan hamkorlikda yaratdi.
Yangi dori taninlar (tibbiyot va texnikada ishlatiladigan, tishni qamashtiradigan modda) aralashmasidan iborat. Biroq uning to‘liq tarkibi hozircha sir tutilmoqda.
Milliy va xalqaro qonun-qoidalarga binoan, mazkur dori vositasi klinik sharoitda tekshirib ko‘rilishi kerak. So’ngra, Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha zaruriy rasmiy jarayonlarni amalga oshiradi.
Aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda OITSga qarshi kurash ishlari faollik bilan olib borilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yaqinda mamlakatning ushbu sohadagi ahvolini yaxshilashga qaratilgan “Odam immuniteti tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqqan edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi OIV infeksiyasiga qarshi kurash milliy dasturini tasdiqlagan. Ushbu dastur 2013—2017-yillar davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2