Tashlab ketgan bolani, Yetim bola deyishar, Kozmunchoqdek kozlari, Javdirashib turishar. Yetim bola nolasi, Yuraklardan chiqadi, Gapchi borib egasin , baribiram topadi.
Yetimxona uyiga,
Ona bola kelishar,
Bola qolar zor yig'lab
Ona shodon ketishar.
Yangi bola kelganda ,
yurak yana ezilar,
boshqa bollar dardlari,
Bir bir yana tizilar
Tashlab ketgan onalar,
bola qadrin ne bilar,
boshi toshga tekganda,
koz yosh bilan yol olar,
Bola yigit bo'libdi,
oq qorani bilibdi,
Onasini tanib turib
tanimarlik qilibdi.
Necha yillar ilgari,
Bola yig'lab, zor qolgandi
bugun ona yig'laydi,
Pushaymon dil og'riydi
Ko'zi to'la yosh bilan,
Bolasiga qaraydi,
Bolasining ko'zida,
nafrat o'ti qalaydi.
Ona boshi egilar,
ko'zda yoshi quyular,
tirnoqqa zor bo'lganin,
endi, anglab u bilar...
Yetim bola nolasi ,
yuraklarni ezadi.
Tashlab ketgan onalar.
Buni qanday sezadi.
Admin Sirli qiz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1