Предыдущая публикация
Dushmaning nomingni g'iybatga qorsa
Tug'ishganing sendan yuzini bursa
Yashashdan tonmagin do'stim bunday on..
Hayotga qonmagay inson hech qachon...
------------------ Sabr qilsang taqdir xaq so'zni aytar
Yolg'onmas bir kuni naqd so'zni aytar
Omading ham kular baxting ham qaytar
Tetik bo'l so'nmagin do'stim bunday on..
Hayotga qonmagay inson hech qachon...
------------------- Umr bu..karvondir tortaman desang
Umr bu..armondir aytaman desang
Sinovidan omon o'taman desang
Egsalar sinmagin do'stim hech qachon..
Hayotga qonmagay inson hech qachon...
-------------------
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев