Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek
qizlarin O`psa faqat shamol o`par
yuzlarin. Bu Momo Havodan
ularga odat: Nozik belda qirqta
kokili qavat, Silasa yomg`irlar
silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon
ko`rar ko`zlarin - Kuyovga
chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul
yanoqlardan, Sir yashirar hatto
qizg`aldoqlardan. Oftob
botgandan so`ng xilvat
bog`lardan, Behuda izlamang sira
izlarin - Kuyovga chiqmagan
o`zbek qizlarin. Ko`ngli daryoday
keng, mehri ulug`vor, Dugonasi
Hayo, dugonasi Or. Ayting,
farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek
qizlarin?.. Bardoshi oldida tog` -
oddiy tuproq, Ular etagidan
jannat bir qadam. Beayb
Parvardigor, degandek biroq, Yoq
emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi, Kuyadi, Qiladi alam, Dorga
osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев