Предыдущая публикация
Bir umr mehnatda qo'llari qadoq.
Oltmishga kirmasdan sochlari oppoq,
Otangni sevmasang kimni sevasan.
Barcha bolasini birdayin suygan,
Saharda non yopib sochlari kuygan.
Yeb turgan oshini senga ilingan,
Onangni sevmasang kimni sevasan.
Yaxshingni oshirib yomoning yopgan,
Qirq bitta jonini senga baxsh etgan.
Boriga shukur deb qanoat qilgan,
Ayoling sevmasang kimni sevasan.
Ishdan kelganingda assalom degan,
Burnidan chimchisang qiqirlab kulgan.
Uch kun ko'rmay qolsang tushinga kirgan,
Bolangni sevmasang kimni sevasan.
Qishda ishkomida uzum osilgan,
Yozda kulchalari tandirsiz pishgan.
Ey do'stim xudoning nazari tushgan,
Vatanni sevmasang kimni sevasan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев