Предыдущая публикация
Dadam qaytib kelmaydi.
Yig'lab ko'zdan qolsam ham,
Dadam qaytib kelmaydi...
✨Azobda og'rir jonim,
Go'yoki to'xtar qonim.
Sog'ingan mehribonim,
Dadam qaytib kelmaydi...
✨Sezib dilim ohidan,
Kech bandang gunohidan.
Yaratgan dargohidan,
Dadam qaytib kelmaydi...
✨Farzand bir dilgir ekan,
Ko'zda yosh yomg'ir ekan.
Jigarim,-taqdir ekan,
Dadam qaytib kelmaydi...
✨Mudom intizor ko'nglim,
Intizor, nochor ko'nglim.
Yig'lamagin jon singlim,
Dadam qaytib kelmaydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев