💋Meni kutgan ko`zingni asra,
♥️Seni topgum, yoningga borgum,
💋Men uchun xam o`zingni asra.
♥️Asra, dilda muxabbatingni,
💋Asra menga ko`ngil hatingni,
♥️Menga atab xamma gapingni,
💋Men uchun xam o`zingni asra.
♥️Ko`ksingdan otilsa ming faryod,
💋Seni ko`p yig`latsa bu xayot,
♥️Sabr qil, topmasang bir najot,
💋Men uchun xam o`zingni asra.
♥️Sinab bir bor va`dalar kuchin,
💋Dildan olmay hatolar o`chin,
♥️O`rtada sof sevgimiz uchun,
💋Men uchun xam o`zingni asra.
♥️Uzun yillar kitobin yopgum,
💋Bir kun yig`lab izlaring o`pgum,
♥️Bir kun seni baribir topgum,
💋Men uchun xam o`zingni asra.
♥️Yurakka in qurmayin qayg`u,
💋Xayotingga solmagin og`u,
♥️Sendan bitta iltimosim shu,
💋Men uchun xam o`zingni asra.
♥️To`ldir jonim, qalbingni nurdan,
💋Go`zal bo`lsin tunlaring kundan,
♥️Sevsang agar Ahadni chindan,
💋Men uchun xam o`zingni asra!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев