termulmang,
Qo'lingiz aslo yetmaydi,
Yomonlarga yalinmang,
Olloh sizni sevmaydi.
Oddiy baxtga quvonmang,
Qiynalmasdan kelganga,
Yolg'onlarga ishonmang,
Ko'zi o'ynab kulganga.
Dunyolarga berilmang,
Boylik oson kelganda.
Begonaga ishonmang,
Vadasini berganda.
Ko'kga boqib kerilmang,
Pulga ko'zlar to'yganda.
Davolarga ishonmang,
Dardan ozor chekganda.
Savoblardan tiyilmang,
Zeb-u zarlar kelganda.
G'iybatlarga berilmang,
Sizga zabon berganda.
O'ynashlarga suzilmang,
Yoringiz jim turganda.
Tushlaringizda tulg'onmang,
Yomon narsa ko'rganda.
Folvinlarga ishonmang,
Taqdir sizni yanchganda.
Tuhmatlarga berilmang,
Boshga qilich kelsa ham.
Joy berganga tizilmang,
Sizdan pastda tursa ham.
Yaqinlardan ayrilmang,
Omad sizdan ketsa ham..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1