Bilaman siz meni
sog’inmagansiz. Chunki asli
sevmagansiz ham. Ishq neligin
anglamagan inson sog’inch
hissini tuyarmidi? Ammo asl
oshiqqa sog’inch, hijron haqida
also so’z ochmang. Uning
shundoq ham azob chekayotgan
yuragini bu so’zlar bilan
qiynamang. Agarda uning yana
umid, yana quvonch porlashini
istasangiz unga faqatgina o’sha
mashuqi haqida xabar olib keling.
O’shanda uni hayotga yana
qaytarasiz. Men ham shunday
shunday xabarga mushtoqman.
Sizdan keladigan bir og’iz kalomni
shunchalar sog’inmoqdamanki
buni tasavvur qila olmaysiz. Mayli
o’zingiz kelmang. Ammo bir og’iz
salomni men g’aribingiz uchun
yo’llab qo’ying. Sizni sevganim
uchun emas siz uchun kunda bir
o’lib bir tirilganim uchun. Hijron
azobida har laxza so’lib
borayotganim uchun. O’tinaman
bir og’iz so’zingizni yo’llang.
Sevgingiz nasib etamadi. Bir og’iz
so’zingizni tinglash orzularimda
qolib ketdi. Umrimni bag’ishladim
ruxsiz yashashga. Ahir sizni sevib
dunyoga qayta kelgandim. Sizni
yo’qotib yana shunday yashab
bo’lmasdi. Sevgi yashashga
o’rgatgan edi. Ammo o’lishga
o’rgatmadi. Endi esa sevgimdan
qolgan hazonlar uzra quruq
jismimni sudrab yuribman.
O’tinaman o’lim ostonasiga
yetmasimdan bir laxza bo’lsada
ruxsoringizni ko’ray. Yohud men
mushtoq bo’lgan so’zlaringizdan
bir marotaba eshitay. Umrimning
yakuni shunday mazmunli tugasa
armonsiz ketar edim. Yoki buni
ham ravo ko’rmaysizmi? Sizsiz
yashash jazosiga umrim
so’nggigacha mahkum
etdingizmi? Ahir men sizni
cheksiz sevgandim, sizga
bag’ishlagandim butun umrimni.
Nahotki shularni o’ylamaysiz. Meni
qiynaysiz...
Eslaysizmi kunning eng toza
go’zal qismida shirin suhbatlar ila
ko’chalar, bog’lar kezar edik.
Eslaysizmi tunda suhbatlarimiz
tongga qadar cho’zilar edi. Yana
eslab ko’ring ko’ngillarimizni
qanday avaylar edik. Go’yoki
yuraklarimizni hovuchlab
olgandek ehtiyot qilar edik.
Suhbatlarimiz faqat samimiy
bo’lar edi. So’zlaringizdan gavhar
topgandek hech birini
unutmaganman. Kechagidek
hammasi yodimda. Har birini
eslayman. Ahir ular yuragimning
har bir manziliga marjondek
qadalgan. Menda shunday
qimmatli xotiralar va sevgi bor.
Ammo xotiralar yurakka malham
bo’lolmaydi. Yupanch bo’lmaydi.
Men faqat o’zingizni ko’rsam
taskin topaman, quvonaman. Siz
esa buni bilmaysiz. Balki meni
unutib ham yuborgandursiz. Yo’q-
yo’q! Bo’lishi mumkin emas. Agar
shunday bo’lsa, men uni ko’tara
olmayman. Hammasiga chidashim
mumkin. Ammo meni
unutishingizga aslo rozi
emasman.
Asl sevgidan kechmoq
mushkuldir. Sizdan hech qachon
kechish mumkin emas. Agar
o’libla qaro tuproq aro jismim joy
olsa-yu azoblar yetsa menga
shunda ham sizni sevgan yuragim
omon qoladi. Sozni sog’indim. Shu
qadar sog’indimki bu
sog’inchning azoblari, og’riqlari
juda beshavqat. O’lim dardiga
chidash mumkindir. Ammo
sevgining bu azoblariga bardosh
berish ancha mushkul ekan.
Sog’inchlarim ohlarimning
tinglang. O’tinaman meni
qiynamang. Mayli qachon bo’lsa
ham menga qayting. Men
kutaman. Faqat o’tichimga rad
javobin bermang. Mayli ko’zlarim
nurin yo’qotay, jismimda
qolmasin hatto madorlar. Ammo
siz keeling. O’tinaman to umrim
tugamay bir bor keling. Ahir sizni
juda sog’indim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев