Maktabim bag'ringda o'ynab yurgandim,
Ilk sevgi hayolin o'zingda surdim.
Katta bo'lishga ham qachon ulgurdim,
Bu savol javobin topib ber maktab.
Yodimda darslarda yozgan xatlarim,
Yuraklar rasmiga to'lgan daftarim.
Doim tergab turgan sinf raxbarim,
Qadringni sanog'in topib ber maktab.
Farzanding ulg'aydi bu sening baxting,
To'qqiz yil shaxt berdi, onalik mexring.
Ko'zimga qadrdon har bir daraxting,
Mexringni adog'in topib ber maktab.
Bag'ringdan ketyapmiz uchib xar tomon,
Qochgan darslarimiz biz uchun armon.
Bilimlar ulashgan bilimdon makon,
O'zingdek ardog'in topib ber maktab.
Kelajak hayotda sening yuzingmiz
Bir biridan erka, o'g'il qizingmiz.
Sen bilan qoladi bizning mexrimiz,
Biz uchun bir umr qolib ber maktab.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев