Ko`zlaring... Shunchalar g`amginki, ularda qalbingga soya solib turgan qayg`ularingni, alamli xotiralaringni ko`rish mumkin. Ba`zida ko`zlaringa tikilib, ularning nega bunchalar maxzunligiga xayron bo`laman. Nega ular quvonchdan porlash o`rniga , achchiq armonlar og`ushida qovjirayapti? Nega sen ularga bunday qismatni ravo ko`rgansan? Garchand xolatingni tan olging kelmayotgan bo`lsada , biroq hayot faqatgina achchiq ko`z yoshlardan iborat emasligini unutmasliging lozim. Umid jar yoqasida o`sadigan gulga o`xshaydi. Hayotda hamma narsadan umid uzib, " Bo`ldi , endi xammasi tamom" degan chog`larimizdagina u bo`y korsatadiyu , yillab balki, oylab kutgan mo`jizang ko`z oldingda namoyon bo`ladi. Bir qaragina, qancha yaqinlaring sening borligingdan, ularning yonidaligingdan baxtiyor ... Nahotki sen bularni ko`rmayapsan? Sinovlar, qiyinchiliklar kun kelib albatta tugaydi. Ammo o`zingda bu kunlarni nixoyalashga harakat yo`q. Nega barcha qayg`ularingni , xattoki eng shirin orzularingni ham yuraginga berkitaverasan? Hali xayoting tugamadi, ko`zlaring xayot quvonchlarini ham ko`rib quvonishi kerak. Istagan tarafingga nazar sol. Unda minglab hayot mo`jizalarini uchratasan. Qolaversa, sen hammaning gapiga quloq solma. Baribir, xammaga barobar yoqish qiyin. Yaxshisi, bir zumga bo`lsada qalbingga quloq tut. U bilan sirlash, aniq bilaman u seni aldamaydi. U senga nima kerakligini juda yaxshi biladi. U, albatta ko`zlaringa baxtiyorlikni qaytaradi. faqat bunga ishonsang bas.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев