"SHAXVONI XIRS OQIBATI"
Odatda, 16-20 yoshlar orasida (hatto ayrimlarda 14,5 yoshdan
21 yoshgacha) shahvoniy
hislarning o'ta jo'sh urishi —
giperseksuallik davri bo'lib o'tadi.
Bu eng xatarli palla— rasida
davrining cho'qqisi bo'lib, o'smirlarning goho o'zini idora
qilolmay qolishi bilan ham
ifodalanadi. Ichki sekretsiya
bezlari faoliyatining keskin
kuchayishi natijasida avdrogen
gormonlar ko'p ishlab chiqarilib, vujudni junbishga keltiradi.
Hozirgi kunda, akseleratsiya
hodisasiga bog'liq holda
o'smirlar giperseksualligi
davrining o'ziga xos, og'ir tusda
kechishi kuzatilmoqda. Bu yoshdagi ko'pchilik o'smirlarda
jizzakilik, asabiylik, ko'cha-ko'yga
intilish, tengdoshlari bilan
ko'proq qizlar mavzusida
suhbatlashishni istash, ishqiy
sarguzashtlar borasidagi kattalarning lof-qoflariga o'chlik,
shahvoniy tomoshalarga ruju
qo'yish kabi illatlar paydo bo'ladi.
Afsuski, aksari ota-onalar va
muallimlar bu yoshdagilarni
ta'qiq, tanbeh, koyish bilan yo'lga solib bo'lmasyaigini
anglamaydilar va ko'gashcha aks
natijaga erishadilar. Ota-onalar
vujudida shahvoniy
jo'shqinlikdek og'ir o'zgarishlar
kechayotgan farzandlarini tashqi muhitning xar xil zararli
ta'sirotlaridan, yolg'ondakam,
sarob ishqiy tasavvurlardan
himoyalash choralarini ko'rishlari
lozim.
Nazarimda bolalarimizni diskoteka, plyaj, park kabi
yalang'och iblislar xukmron
dargohlardan, "video" va
oynaijahondagi besharmliklardan
yiroq tutishimiz shu tadbirlar
jumlasidandir. Bu yoshdagi o'g'il bolalar tarbiyasida aynan ota
muhim o'rin tutishini unutmaslik
lozim. Tomirlarida mislsiz quvvat
jo'sh urayotgan o'smirning kuchi
ustamonlik bilan boshqa foydali
ishlarga yo'naltirilishi joiz. Masalan, o'smirni qiziqarli
qo'shimcha dars
mashg'ulotlariga, sport
to'garaklariga, jismoniy
mehnatga jalb etish eng to'g'ri
uslublardandir. Ushbu davrni o'z boshidan kechirayotgan
o'smirning nazoratsiz qolishi o'ta
xatarlidir.
Hayotiy misol: Yaqinda tuman
sudlarining birida ko'rilgan jinoiy
ish bilan tanishiishmga to'g'ri keldi. 5 nafar 16 yoshli tengdosh
ogaynilar ota-onasi uyida
bo'lmagan bir do'stinikida
"bazmi jamshid" uyushtirishgan.
Bazmda ozgina sarxush
bo'lishgach, qandaydir videotekada erotik kino
ko'rishgan. So'ngra
betoqatlangancha ko'chaga
chiqib, gira-shira tun og'ushida,
xilvat joyda o'zlaridan bir necha
yosh katta qizni zo'rlashgan. Albatga, jinoyatchilar o'z jazosini
olishdi, ammo bu holning ildizi
biz o'ylagandan chuqurroqdir.
Ma'lum bo'lishicha, bu o'smirlar
"og'ir" oilalarning tarbiyasiz
farzandlari emas ekanlar. Aslida, shahvoniy hislari jo'sh urgan
yoshlarga o'ta salbiy ta'sir
ko'rsatuvchi pornografik filmlarni
namoyish etib boylik
orttirayotgan kimsalar eng asosiy
jinoyatchilardir. Ota-onalar o'tish yoshidagi
farzandlarining tarbiyasida
quyidagi jihatlarga alohida
ahamiyat beripshari shart:
O'smir farzandingiz oldida turli
xil filmlardagi bepardaliklardan yiroq bo'ling.
Farzandingizning qanday
filmlarni ko'rishini nazorat qiling,
chunki erotik filmlardan tashqari,
dahshatli ("ujas") kinolar ham
jinsiy va ruhiy aynishlarga olib kelishi isbotlangan. Jumladan,
nekrofillar (o'lik bilan jinsiy aloqa
qiluvchilar) va sadistlar (juftini
qiynashni xush
ko'radiganlar)ning ko'pchiligi
bolaliklarida "ujas" filmlar ta'sirida o'sib ulg'ayganliklari
haqida amriqolik
ruhiyotshunoslarning xulosalari
mavjud.
Unutmaslik kerakki, behayo
kinolavhalarning ta'sirida bo'lgan bolalar qusurli fikrlar og'ushida
o'sib, jinsiy buzilishlar
bo'sag'asiga ancha barvaqtroq
qadam bosishlari hech gap emas.
Bola har qanday pornografik
lavhani asl jinsiy munosabat sifatida qabul qilganligi bois,
bachavozlikka moyillik, qizlarda
vaflizm (og'iz bilan
yaqinlashuv)ga intilish kabi
jirkanch holatlarni ham kuzatish
mumkin; Shahvoniy jo'shqinlik davrida har
qanday zararli ta'sirotlar hirsni
benihoya kuchaytirishi bois
nomusga tajovuz etish kabi og'ir
jinoyatlarga beixtiyor qo'l urish
hollari ham ko'p uchraydi. Tabobatda o'smirlik davrini
boshdan kechirayotgan
yoshlarning pornografik lavhalar
ta'sirida hech bo'lmaganda
onanizm yoki zoofiliya (hayvonlar
bilan jinsiy aloqa qilish)ga ruju qo'yishi mumkinligi aniqlangan.
O'smir farzandingiz diskoteka,
plyaj, park kabi go'shalardan har
doim ham siz o'ylaganchalik
hordiq olib qaytmasdan, xirs
girdobida bezovtalanib qaytishi ham extimoldan xoli emasligini
ko'zda tuting.
O'smirlarning bu yoshda buzuq
muhitga tushib qolganligi o'z
vaqtida aniqlanib, tarbiyaviy
tadbirlar qo'llanilmasa, aksarisi sal kechikilsa, aslo to'g'ri yo'lga
solib bo'lmasligi hayotiy
haqiqatdir
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16
Манзилимиз: Тошкент, Юнусобод тумани. Мурожат учун тел: +998909438473, +998909038473 ДОКТОР СОХИБ.
https://t.me/doktorsohibmaslahatlari