Prezervativ — bu lateksdan
tayyorlangan uzunchoq qopcha
bo‘lib, jinsiy aloqa vaqtida
erkaklar undan foydalanadilar.
Prezervativ qanday ta’sir
ko‘rsatadi? Prezervativ jinsiy
aloqa vaqtida spermaning qinga
tushishiga to‘sqinlik qiladi. Shu
bilan birga prezervativlar jinsiy
yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar,
shu jumladan OITSning
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Prezervativdan kanday
foydalaniladi? Har jinsiy aloqada
yangi prezervativ ishlatish kerak.
Prezervativ erkak jinsiy olatining
ereksiya holatida qo‘llaniladi.
Buning uchun prezervativ
olatning boshchasiga kiygizilib,
prezervativning zihi olat asosiga
qarab burab tushiriladi. Buni
jinsiy aloqa qilmasdan turib bajarish kerak. Sperma to‘kilib
ketmasligi uchun jinsiy aloqadan
so‘ng prezervativning zihini
ushlab chiqarish kerak. Usimlik
yoki sun’iy moylardan qo‘shimcha
surtish uchun foydalanmang.
Prezervativlarni quruq va salqin
joyda saqlang. Agar prezervativ
o‘ralgan qog‘oz yirtilgan bo‘lsa,
prezervativ qurib qolgan yoki
yopishqoq bo‘lsa, undan
foydalanmaganingiz ma’qul.
Tarkibida spermitsidi, ya’ni
spermatazoidlarni (erkak urug‘
hujayralarini) parchalovchi
moddasi bo‘lgan prezervativlar
yana ham samaralidir. Uchrashi
mumkin bo‘lgan muammolar:
Eskirgan yoki ishdan chiqqan
prezervativlar jinsiy aloqa vaqtida
yirtilib ketishi mumkin. Ba’zi
juftlarda hissiyot susayishi
mumkin. Muhim ma’lumot: Butun
dunyoda 40 milliondan ziyod
juftlar prezervativdan
foydalanadilar. AQShda 15—44
yoshgacha bo‘lgan ayollarning
10% homiladorlikdan saqdanish
uchun ushbu usuldan
foydalanishadi. Bu usuldan to‘g‘ri
foydalanilganda homiladorlikning
ro‘y berish xavfi 5% dan kam
miqdorni tashkil qiladi. Prezervativlardan foydalanilganda
OITS virusining tarqalish xavfi
70%ga kamayadi. Shu bilan birga bu usul jinsiy yo‘l orqali
yuqadigan kasalliklarning
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Prezervativlar o‘smirlar va yoshlar
uchun qulay usul hisoblanadi.
DMPA — infeksiya yordamida
yuboriladigan kontratseptiv
modda. Inyeksion DMPA moddasi
(depo- medroksiprogesteron
atsetat yoki Depo-Provera) sun’iy
gormondan tarkib toptan bo‘lib,
tabiiy gormon — progesteron
xususiyatlariga egadir. Har uch
oyda bir marta yuborilgan
inyeksiya homiladorlikdan
saqdanishni ta’minlaydi. DMPA
qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Inyeksion modda tarkibidagi
gormon tuxum xujayrasining
yetilishiga to‘sqinlik qiladi.
DMPAdan qanday foydalaniladi?
Inyeksiyani shifokor yoki
hamshira bajaradi. Bu dori
quyidagi vaqtda qilinadi: hayz
boshlanishining birinchi 7
kunida, abortdan keyin darhol,
ko‘krak suti bilan emizmasa,
ko‘krak suti bilan emizish davrida
tug‘ruqdan so‘ng 6 haftadan
keyin. Afzalliklari: Yuqori
samarador usul. Usulning
qo‘llanilishi jinsiy aloqa bilan
bog‘liq emas. Hayz davrida
ketadigan qon miqsorini
kamaytiradi (kamqonlik bilan
xastalangan ayollar uchun qulay).
Tug‘ruq va abortdan keyingi
davrda qo‘llansa bo‘ladi.
Emizishga salbiy ta’siri yo‘q.
Endometriy raki, kichik chanoq
a’zolarining yallig‘lanishi va
bachadondan tashqari tashqari
homiladorlik xavfini kamaytiradi.
Uchrashi mumkin bo‘lgan salbiy
ta’siri: Inyeksiya qilingan
boshlang‘ich davrda hayz
oralig‘ida qindan qon surkalishi
kuzatiladi. Hayz kelmay qolishi
mumkin. Bu holat amenoreya deb
ataladi, lekin bepushtlikka olib
kelmaydi va organizmga salbiy
ta’sir ko‘rsatmaydi. Tana
vaznining oshishi kuzatilishi
mumkin. Inyeksiyani yuborish
to‘xtatilganidan keyin homilador
bo‘lish xususiyati yana 6—9 oyga
to‘xtashi mumkin. Quyidagi
ayollarga DMPAni qo‘llab
bulmaydi: Homiladorman, deb
gumonsiraganlarga. Avval va ayni
vaqtda sut bezlarining xavfli
o‘sma kasalliklari (rak) aniklangan
bo‘lsa. Qindan sababi
aniklanmagan qon ketishi
kuzatilsa. Virusli gepatit va jigar
o‘simtalari bo‘lsa. Qandli
diabetning og‘ir formalari.
Keyingi tibbiy nazorat: Har uch
oyda shifokor huzuriga qatnab,
navbatdagi inyeksiyani qildirish
kerak. Quyidagi hollarda
shifokorga murojaat qiling:
Ko‘rish va gapirish qobiliyatining
susayishi bilan kechuvchi bosh
og‘rig‘i paydo bo‘lsa. Qindan
odatdagidan ko‘p qon ketsa.
Qorinda qattiq og‘riqlar paydo
bo‘lsa. Inyeksiya qilingan joyda
shish, og‘riq bo‘lsa va bu
yallig‘lanish tarqalib ketsa. Muhim
ma’lumot: DMPA yuqori samarali
usul hisoblanadi. Bu usulni
qo‘llaganda homilador bo‘lish
xavfi faqat 1% hollarda kuzatiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 40
.. =>• Assalomu Alukum •<=
=>• Barchani AJOYIB •<=
Uzbekona TaniShuV Sayti
Yangicha korinishda bolgan
▂ ▃ ▅ ▇ Azizam.Biz ▇ ▅ ▃ ▂
Saytiga taklif Qlaman
Bizda xamma imkoniyatlar mavJuD
. SamımıY chaaT
SamımıY suxbat uchun
Ucell & Beelinega
bePuL sms hamda XoriJ
Davlatlariga Bepul sms yuborish
MilliY. forum Xozr Saytdoshlarni etiborini . Tortgan QuvNoQ ferma XamDa FudBoL meneDjeri mavJud
Bizga QoshiL asLo zerikma
BizninG manzil .
=>• Azizam.Biz •<=
http://Azizam.Biz