Bu haqida yarim himoyachi Heraldsun.com.au internet nashri bilan qilgan suhbati davomida so'zlab bergan.
Avstraliyalik jurnalistlar Server Jeparov musobaqa davomida Avstraliya klublari e'tiborini tortishi mumkinligini bildirganlar. O'z navbatida Server Jeparov "Seongnam"da faoliyatini davom ettirishni istashini, ammo yangi shartnoma borasida taklif tushmasa, Avstraliya chempionatiga o'tishga tayyorligini bildirgan.
"Men o'z vaqtida avstraliyalik futbolchi Brendan Xemill bilan birga o'ynaganman. U menga Avstraliya haqida ko'p narsalar aytib bergan. Shunday ekan, bu yer bilan yaxshi tanishman, deb ayta olaman.
Agarda Avstraliya klublaridan taklif bo'lsa, ko'rib chiqishga tayyorman", - deydi Server Jeparov.
Shuningdek Server Jeparov yana kamida uch yil futbolchilik faoliyatini davom ettirishi va asosiy maqsad sifatida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni istashini bildirgan.
Manba: www.uff.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев