shoshib,
Kelguningcha necha necha
yo'ldan oshib,
Ichingdagi muxabbatu mexring
toshib,
Bir kun kelib o'z yurtingga
qaytmog'ing bor,
Qayta qayta sog'inchingni
aytmog'ing bor,
Qo'llarida duo tutgan Otang
uchun,
Tunu kuni bedor kutgan Onang
uchun,
Jajjigina shirintoying bolang
uchun,
Bir kun kelib o'z uyingga
qaytmog'ing bor,
Diydorlashib sog'inchingni
aytmog'ing bor,
Balki kirar tushlaringga o'sha
yo'llar,
Xayol surib yotgandirsan uzun
tunlar,
Ishon tezda kelar senga yaxshi
kunlar,
Yana olis qishlog'ingga
qaytmog'ing bor,
Xursand bo'lib sog'inchingni
aytmog'ing bor,
Uzoqlarda asrab yurgin do'stim
joning,
Yaxshilardan to'lib tursin ikki
yoning,
Bu yerlarda to'kilganku kindik
qoning,
Bir kun kelib O'zbegimga
qaytmog'ing bor,
O'zbekiston sog'indim deb
aytmog'ing bor!....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев