Предыдущая публикация
Yordam olib, g'amni tuydim.
Endi man ham yor bo'ldim,
Alam qilsin, alam qilsin!
Yoningizga yo'lamayman,
Yo'lingizni poylamayman.
Sizni hech ham so'zlamayman,
Alam qilsin, alam qilsin!
Xat bitishdan qo'lim toldi,
Sizdan chindan ko'nglim qoldi.
Xurmat o'rnin nafrat oldi,
Alam qilsin, alam qilsin!
Sardor bo'ling yuzming zo'rga,
Yaqin qoldi bizning to'yga.
Tushib qoling ming hil o'yga,
Alam qilsin, alam qilsin!
Og'rimasin ko'ngilchangiz,
Chimrilmasin qovoqchangiz.
Mendaylarni bilmasangiz,
Alam qilsin, alam qilsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев