Предыдущая публикация
O’t qaladim xotiralar unutmoq uchun,
Sensiz men ham ozod, erkin yashamoq uchun,
Bu dunyoda telbaligim tark etmoq uchun,
Sog’inyapman baribir seni va yolg’iz seni.
Davo istab men o’zimni tog’larga urdim,
Tog’lardagi sharqiroq soy seni ovozing.
Davo istab men tinimsiz yo’llarda yurdim,
Yo’llarning-da uzunligi sochlaring misol.
Davo istab men o’zimni cho’larga urdim,
Cho’llardagi harorat ham eslatar seni.
Davo istab moviy ko’kda parvozlar qildim
Parvozning ham nozikligi eslatar seni.
Qayga bormay, qayda bo’lmay sen yonimdasan,
Yuraverar men-la birga seni siymoying.
Nega bunday, nega bunday ayt nega bunday?
Qaysi qismi eslatmaydi seni dunyoning?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев