Ketding... Hechqisi yo'q.
Mayli ko'zim yoshlarga to'lsin.
Boravergin qilib ko'ngling to'q.
Mensizliging muborak bo'lsin.
🍃❤️🍃
Sen olisda, qadring osmonda.
Bizga yer ham qattiqlik qilsin.
Diydoring ham endi armonda.
Mensizliging muborak bo'lsin.
🍃❤️🍃
Yig'lamayman yuraging ezib.
Foydasi yo'q turibsan sezib.
Sevgilingdan qoldingmi bezib.
Mensizliging muborak bo'lsin.
🍃 ❤️🍃
Sen og'rinma, sen azob chekma.
Sinsa mening shu konglim sinsin.
Sensizlikning yangi yili bu,
Mensizliging muborak bo'lsin.
🍃❤️🍃
Men o'lmayman, sensiz qolsam ham.
O'lsa bir ishq, bir sevgi o'lsin.
O'ylashinga arzimaydiyam,
Mensizliging muborak bo'lsin.
🍃❤️🍃
Ketsam hayotingdan butkul ketaman.
Qani bir armonlar ustingdan kulsin.
Sen nihoyat erishding bunga.
Mensizliging muborak bo'lsin...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев